Latviyalik shifokor rusiyzabon erkakka yordam berishdan bosh tortganini aytib maqtandi

Obuna bo‘lish
Hozir Latviyada yagona davlat tili - latish tilidir. Aholining deyarli 40 %i uchun ona tili rus tili bo‘lsa-da, ammo bu til xorijiy til maqomiga ega

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Latviya shifokorlari hamjamiyati vitse-prezidenti, anesteziolog-reanimatolog Roberts Furmanis kasalxonaga kelgan insonga u faqat rus tilida gapirgani uchun yordam berishdan bosh tortgani haqidagi bir voqea haqida so‘zlab berdi. Sputnik Latvija xabari asosida.

Latviyalik deputat Rossiyani bir nechta qismlarga bo‘lib tashlashni taklif qildi

Yaqinda Rigadagi Stradinya nomidagi kasalxonada unga futbolkasida "Rossiya" yozuvi bo‘lgan erkak murojaat qilgan. Tashrif buyuruvchi undan tug‘ruqxona bo‘limini topishda yordam berishni so‘rab, murojaat qilgan edi. Ammo latviyalik mutaxassis erkakka begona tilda gapirishdan bosh tortgan.

"Men unga: "Xayrli kun. Bu yer Latviya. Avvalo muloqotni latish tilida boshlash kerakligini eslatmoqchiman", dedim. Erkak burildi va jo‘navordi", — dedi Furmanis.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, u "suyagigacha latish", va unda hatto aynan shunday yozuvlar bitilgan maykasi ham bor.

Hozir Latviyada yagona davlat tili - latish tilidir. Aholining deyarli 40 %i uchun ona tili rus tili bo‘lsa-da, ammo bu til xorijiy til maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0