22:09 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
273 0 0

Ozarbayjon Milliy Majlisi Togʻli Qorabogʻda vaziyat keskinlashgani tufayli harbiy holat joriy etishga qaror qildi. Endi 48 soat ichida uni mamlakat prezidenti tasdiqlashi lozim.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) Togʻli Qorabogʻda vaziyat keskinlashgani tufayli qator shaharlar va hududlarda harbiy holat joriy etishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Parlament ushbu qarorni navbatdan tashqari yigʻilishda qabul qilgan. Endi 48 soat ichida uni mamlakat prezidenti tasdiqlashi lozim.

Komendantlik soatini eʼlon qilish Ozarbayjon IIV zimmasiga yuklanmoqda.

Togʻli Qorabogʻdagi keskinlik

Togʻli Qorabogʻdagi tutashuv chizigʻidagi vaziyat yakshanba, 27 sentyabr kuni ertalab keskinlashdi. Tan olinmagan respublika Ozarbayjon harbiylari uning hududini, jumladan, poytaxt Stepanakertni oʻqqa tutganini maʼlum qildi. Tinch aholi orasida qurbonlar bor.

Boku va Yerevan vaziyatni keskinlashtirishda bir-birini aylamoqda. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman tomoni oʻt ochgani, ozarbayjon tomoni esa hujumga qarshi amaliyotni boshlaganini taʼkidlamoqda. Armaniston Mudofaa vazirligi Qorabogʻ Ozarbayjon tomonidan havo va raketa hujumiga uchraganini maʼlum qilmoqda.

Armaniston hukumati Togʻli Qorabogʻdagi hodisalar tufayli mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etdi. Tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Boku va Yerevanni zudlik bilan oʻt ochishni bas qilishga va muzokaralar oʻtkazishga chaqirgan edi.

Qorabogʻ mojarosi 1988 yilning fevralida, Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati oʻzining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida eʼlon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ va unga qarashli yettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992 yildan buyon YEXHTning (OBSE) Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSH va Frantsiya boshchiligida mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazib kelinadi. Ozarbayjon oʻz hududi yaxlitligini saqlab qolishga qattiq turib olgan. Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilib keladi, chunki Togʻli Qorabogʻ Respublikasi muzokaralar tomoni emas.

Asosiy mavzular