Volodin Navalniyning Putinga nisbatan aybloviga munosabat bildirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Aleksey Navalniy nemis nashriga bergan intervyusida uni zaharlanishi ortida Putin turganini iddao qolgan edi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin Aleksey Navalniyning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan ayloviga munosabat bildirdi.                                                             

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Navalniy kasalxonadan chiqarildi

“Navalniy – benomus va yaramas. Putin uning hayotini qutqarib qoldi. Agar uning bu holga tushishi G‘arb davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lsa, unda uning bayonoti bu mantiqqa to‘g‘ri keladi. Uni barcha samimiy qutqargan: uchuvchi va shifokorlardan tortib prezidentgacha. Faqat yaramas odam bunday deyishi mumkin”, - Davlat dumasi sayti Volodinning so‘zlarini keltirgan.

Avvalroq Navalniy Germaniyaning “Der Spiegel” nashriga bergan intervyusida uni zaharlanishi ortida Putin turganini iddao qolgan edi.

Berlinning “Sharite” klinikasi 23-sentabr kuni Navalniyga javob berilganini ma’lum qildi. Uning ahvoli qoniqarli va uni davolayotgan shifokorlar uning to‘liq tuzalib ketishini istisno qilmayapti.

Qayd etish joizki, Aleksey Navalniyning o‘zi uchuvchilar va Omsk shifokorlariga minnatdorchilik izhor etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordami uning hayotini saqlab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0