15:30 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
79450

Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqishga qaror qilganini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 15 oktyabr kuni, mamlakatdagi yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli xalqiga murojaat qildi va isteʼfoga chiqayotganini maʼlum qildi.

Jeenbekovning Qirgʻiziston xalqiga murojaati matni.

"Aziz vatandoshlar!

Mamlakatimiz poytaxti Bishkek shahrida - ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Kecha Joʻqori Kenesh Hukumat tarkibini tasdiqladi, men tegishli lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi Qirgʻiziston Respublikasi prezidentining farmonlarini imzoladim. Ammo bu keskinlikni yumshatmadi.

Afsuski, tajovuzkorlik pasaymayapti, mening zudlik bilan isteʼfoga chiqishim toʻgʻrisida talab davom etmoqda.

Hozirgi vaziyat ikki tomonlama mojaroga yaqin.

Bir tomondan - namoyishchilar, boshqa tomondan - huquqni muhofaza qilish idoralari.

Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari davlat qarorgohini himoya qilish uchun qurol ishlatishga majbur. Bunday holda, qon toʻkiladi, bu muqarrar. Ikkala tomonni ham fitnalarga berilmaslikka chaqiraman.

Hurmatli vatandoshlar!

Men uchun Qirgʻizistonda tinchlik, mamlakat yaxlitligi, xalqimizning birligi va jamiyatdagi osoyishtalik hamma narsadan ustundir. Men uchun har bir vatandoshimning hayotidan azizroq narsa yoʻq.

Men hokimiyatni ushlab turmayapman. Men Qirgʻiziston tarixida oʻz fuqarolarining qonini toʻkkan va oʻq uzgan prezident sifatida qolishni istamayman.

Shuning uchun men isteʼfoga chiqishga qaror qildim.

Men Japarovni va boshqa siyosatchilarni poytaxtdan oʻz tarafdorlarini olib chiqib, Bishkek aholisiga tinch hayotni qaytarishga chaqiraman.

Hech bir hokimiyat mamlakatimizning yaxlitligi va jamiyatdagi totuvlikka arzimaydi.

Barchamizni Xudo asrasin, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik boʻlsin!", - degan Jeenbekov oʻz murojaatida.

Asosiy mavzular