06:29 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
156 0 0

Tranzitni amalga oshirayotgan shaxs Belarusdan 24 soat ichida tranzit oʻtishini hujjat bilan tasdiqlashi kerak boʻladi. Chipta, Belarus tranzit vizasi, yoʻl olingan mamlakat organining rasmiy taklifnomasi shunday hujjat sifatida qaydga olinishi mumkin.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Belarus hukumati 22 oktyabrdan chet elliklarga 24 soat davomida respublika hududidan COVID-19 koronavirusi yoʻqligi haqidagi maʼlumotnomasiz tranzitni amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda seshanba kuni mamlakat chegara qoʻmitasi matbuot-xizmati xabar berdi.

"22 oktyabr 00:00dan Belarusdan tranzit oʻtayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chegarada COVID-19 mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnoma kerak boʻlmaydi. Shuningdek, bu shaxslarga oʻn kunlik oʻz-oʻzini yakkalash tartibi ham daxl qilmaydi", - deyiladi xabarda.

Yuqoridagi holatda Belarus orqali tranzitni amalga oshirayotgan shaxs Belarusdan 24 soat ichida tranzit oʻtishini hujjat bilan tasdiqlashi kerak boʻladi. Oʻtish hujjati (chipta), Belarus tranzit vizasi, shaxs yoʻl olgan mamlakat organi (tashkiloti)ning rasmiy taklifnomasi, sogʻlomlashtiruvchi muassasaga yoʻllanma va boshqa hujjatlar shunday hujjat sifatida qaydga olinishi mumkin.

24 soatlik tranzitni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham Belarusga maʼlumotnomasiz va oʻz-oʻzini yakkalash shartiga amal qilmagan holda kirib kelishlariga ruxsat beriladi. Ammo bu holatda chegara xizmatchilari mamlakatga kirib kelgan shaxsga "tashrif buyuruvchi anketasi"ni berishadi. Unda mehmon "Belarus Respublikasi orqali 24 soatdan oshmaydigan tranzit" yozuvini qoldirishi lozim boʻladi.

Shaxs ushbu anketani oʻzida saqlashi va mamlakatdan chiqib ketayotganida chegara xizmatchisiga taqdim etishi kerak boʻladi.

Qayd etilishicha, 24 soat ichida mamlakatdan chiqib ketishga ulgurmaydigan shaxslar chegarada koronavirus yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak boʻladi. Bunday maʼlumotnomani olish uchun sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy tashkilotlariga murojaat qilish talab etiladi, deb taʼkidlangan xabarda.

Asosiy mavzular