14:38 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
69110

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga rasmiy tadbirlarda “sobiq sevgilisi" Xyon Son Vol hamrohlik qilmoqda.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Sobiq xonanda va bir nechta musiqiy ansambllarning rahbari Xyon Son Vol, u goʻyo Kim Chen Inning sevgilisi boʻlgan, rasmiy tadbirlarda koʻpincha davlat rahbariga hamrohlik qilmoqda. Bu haqda The Times yozmoqda.

Janubiy Koreya OAVlari Kim Chen In bilan birgalikda uning "sobiq sevgilisi" rasmiy tadbirlarda tez-tez ishtirok etayotganiga eʼtibor qaratdi: 10 oktyabr kuni Koreya Ishchilar partiyasining 75 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan paradda u KXDR rahbariga sovgʻa qilingan gullarni qabul qildi, shuningdek, 14 oktyabr kuni qator qurilish maydonchalariga tashrif buyurganda unga hamrohlik qildi.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya yetakchisining raqifasi Li Sol Chun yanvardan beri jamoatchilik oldida koʻrinish bermayapti.

Xyon Son Vol - 2017 yilda Markaziy Qoʻmitasining aʼzosi boʻldi va 2018 yilda esa KXDR delegatsiyasi tarkibida Janubiy Koreyaga tashrif buyurib, Pxyonchxandagi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Birlashgan Koreya bayrogʻi ostida birgalikda chiqish toʻgʻrisida muzokaralar olib borgandi.

Asosiy mavzular