06:44 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
932 0 0

AQShdagi saylovlarning yakuniy natijalari maʼlum emasligiga qaramasdan Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Donald Trampni qutladi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha Amerika prezidenti Donald Trampni AQShdagi saylovlarning yakuniy natijalari maʼlum emasligiga qaramasdan qayta saylangani bilan qutladi.

“Aniq koʻrinib turibdiki, Amerika xalqi Donald Tramp va Mayk Pensni (vitse-prezident) keyingi toʻrt yilga sayladi... Respublika partiyasini kuchli natijalar bilan muborakbod etaman”, - deya yozdi siyosatchi Twitterʼda.

Sloveniya bosh vazirining fikriga koʻra, markaziy ommaviy axborot vositalar tomonidan faktni qanchalik rad etilsa va choʻzilsa, AQSH prezidentining zafari shunchalik ulkan boʻladi.

3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Hozir ovozlarni hisoblash jarayoni davom etmoqda. Saylovda kim gʻolib chiqqani hozircha maʼlum emas. Donald Tramp va Jo Bayden oʻrtasidagi ovozlar farqi unchalik katta emas.

Asosiy mavzular