22:10 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
88 0 0

Jozef Bayden shtabi vakillari AQSH Umumiy xizmatlar boshqarmasiga siyosatchini Amerikaning saylangan prezidenti deb tan olish toʻgʻrisida soʻrovnoma yubordi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden shtabi vakillari AQSH Umumiy xizmatlar boshqarmasiga siyosatchini Amerikaning saylangan prezidenti deb tan olish toʻgʻrisida soʻrovnoma yubordi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar qildi.

Hujjatda yozilishicha, Baydenning saylovlardagi gʻalabasi mustaqil tasdigʻini topgan. Shtab idora kechiktirmay Bayden va Kamala Harrisni mamlakat prezidenti va vitse-prezidenti deb tan olishiga umid bildirgan.

Shuningdek, soʻrovnomada hozir AQSH iqtisodiy manfaatlari va mamlakat milliy xavfsizligi federal hukumat zudlik bilan xalq istagini bajarish va hukumatni begʻalva topshirishni amalga oshira olish yoki olishmasliga bogʻliq ekani taʼkidlangan.

Avvalroq “Politico” gazetasi AQSH Umumiy xizmatlar boshqarmasi rahbari Emili Merfi Baydenning saylovlardagi gʻalabasini tan olishdan bosh tortayotganini xabar qilgan edi. Ekspertlarning tushuntirishicha, uning roziligisiz Bayden moliyaviy resurslarga ruxsat ololmaydi.

Amerika OAVlariga koʻra, prezident saylovlarida demokrat Jo Bayden gʻalaba qozondi. U oʻzini allaqachon gʻolib deb eʼlon qildi. Amaldagi mamlakat prezidenti Donald Tramp magʻlubiyatini tan olmadi. Uning advokatlari turli shtat sudlariga ovozlarni sanashni toʻxtatish va taxmin qilingan qonunbuzarliklarni surishtirishni talab qilib daʼvo arizasini kiritmoqda.

Qonunga binoan saylangan prezident 2021 yil 20 yanvarda vazifalarini bajarishga kirishishi lozim.

Teglar:
Donald Tramp, Kamala Harris, saylov, AQSH, Jo Bayden

Asosiy mavzular