13:48 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1280)
217710

Xalqaro ekspertlar COVID-19 bilan oʻrtacha va ogʻir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot oʻtkazdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Asal va qora sedana isteʼmol qilish bemorga koronavirus infektsiyasini yengishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida eʼlon qilindi.

Xalqaro mutaxassislar guruhi COVID-19 bilan oʻrtacha va ogʻir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot oʻtkazdi. Ishtirokchilarning bir qismi har kuni tana vazniga bir gramm asal va 80 milligramm qora sedanani, qolgan qismi esa – platsebo ichishdi.

Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ushbu ikki mahsulotni qabul qilish bilan oʻrtacha va ogʻir darajadagi simptomlarni 3 va 7 kun ichida yengillashishiga olib keldi va organizmdan virusni 4 kun oldin chiqarib tashlashga yordam berdi.

Olimlarning taʼkidlashicha, asal va qora sedana kombinatsiyasini isteʼmol qilish hech qanday salbiy taʼsir koʻrsatmadi, uni yakka oʻzini yoki boshqa COVID-19 muolajalari bilan birgalikda ishlatish mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1280)

Asosiy mavzular