19:33 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (49)
375 0 0

2019 yilda Qoʻy-Toshda sodir boʻlgan hodisalar ishi yuzasidan ayblanuvchilarga ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev suddan uni qamoqda qoldirishni soʻradi. Bu haqda siyosatchining maslahatchisi Kunduz Joldubayeva maʼlum qildi, deya yozadi Sputnik Qirgʻiziston.

Bugun 2019 yilda Qoʻy-Toshda sodir boʻlgan hodisalar ishi yuzasidan ayblanuvchilarga ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi koʻrib chiqilgan. Jarayon yopiq tarzda boʻlib oʻtmoqda.

“Suddan bitta iltimosim bor – meni hibsda qoldiring. Shundoq ham menga 11 yil berishdi, lekin menga qarshi birorta ham koʻrsatma yoʻq. Vaqt hammasini isbotlaydi. Kanat Sagimbayev, Fariya Niyazov menga xiyonat qilmaganliklari tufayli oʻtirishibdi. Hammasiga bardosh beraman”, - deya Atambayevning suddagi soʻzlaridan iqtibos keltirgan Joldubayeva.

Atambayev uning safdoshlari uy qamogʻiga oʻtkazilishi kerakligini aytgan.

Sobiq prezident Qirgʻiziston parlament saylovlaridan keyingi boshlangan norozilik namoyishi vaqtida 6 oktyabr kuni SIZOdan ozodlikka chiqarilgan edi. Uni 10 oktyabr kuni ommaviy tartibsizliklar uyushtirish jinoiy ishi doirasida qayta qoʻlga olishdi.

Qoʻy-Tosh voqealari

2019 yil 7 avgust kuni Qoʻy-Tosh qishlogʻida Almazbek Atambayevni qoʻlga olish operatsiyasi amalga oshirildi. Biroq shturm uning tarafdorlari tomonidan qaytarildi. Bir nafar spetsnaz xodimi halok boʻldi. Ushbu voqealar boʻyicha jinoiy ish ochilgan va unda Atambayev va uning tarafdorlari ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (49)
Teglar:
qamoq, Almazbek Atambayev, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular