22:40 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
660 0 0

Har yili 20-noyabr kuni koʻplab mamlakatlarda noanʼanaviy jinsiy identifikatsiyaga ega odamlarga nisbatan tajovuzkorlik qurbonlarini xotirlashadi. Anʼana 1999 yilda, AQShda transgender rok-qoʻshiqchisi Rita Xester oʻldirilganidan soʻng bir yil oʻtib yuzaga kelgan.

Oleg Obuxov, Sputnik radiosi sharhlovchisi

Transseksuallar va androginlar, agenderlar va bigenderlar, transvestitlar va genderkvirlar. Dunyoda jinsiy chegarasi tutashib ketgan yoki odatiy boʻlmagan odamlar qanchaligi - hech kimga maʼlum emas. Ammo, oʻzini transgender deb ataguvchi odamlar boshqalarga nisbatan koʻproq zoʻravonlikka uchrashi haqidagi taʼkidlar juda koʻp yangraydi. Boshqa jins vakillariga nisbatan uch karra koʻp, deyiladi amerika zoʻravonlikka qarshi milliy koalitsiyasi maʼlumotlarida.

Hammasi qanday boshlangan

Transgenderlarni xotirlash kuni ilk bor 1999 yilda San-Frantsiskoda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda bu kun Rita Xester (Rita Hester) – bir yil oldin oʻzining Boston (AQSH)dagi kvartirasida oʻldirib ketilgan transseksual ayol, rok-musiqachi xotirasiga bagʻishlangan edi. Ayol pichoq bilan berilgan bir necha zarba oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Ayol qotilligi, transseksuallar qotilliklarining aksariyati singari ochilmasdan qolib ketgan.

Statistika

Transgenderlar huquqlari himoyachilarining taʼkidlariga koʻra, dunyoda har yili oʻnlab transseksual odamlar turli sabablar tufayli yuz bergan qotilliklar oqibatida halok boʻlishadi. Bu borada aniq statistika olib borilmaydi. Politsiyachilarning hisobotlarida odatda rasmiy hujjatlarda yozilgan jins koʻrsatiladi. 2019 yilda AQShda kamida 25 nafar transseksuallar oʻldirilgan, deya keltirgan Inson huquqlari boʻyicha milliy tashkilot portali (HRC). 

Shanba. Tong. Los Eros bulvari yaqinida bir nechta erkak 27 yoshli Anai Rivasning yoniga kelishadi. Ular Anaidan oʻzlariga jinsiy xarakterdagi xizmat koʻrsatishni soʻrashadi. Ammo Anai erkaklarning bu taklifidan chogʻ boʻldi, deb ham boʻlmaydi, chunki, guvohlarning soʻzlariga koʻra, uni mashina tomonga majburlab sudrab ketishgan. Avto turgan joyidan shiddat bilan qoʻzgʻaladi, ammo transgender-ayolni salonga toʻliq itarib kirgizishga ulgurishmagan (ehtimol, ataydan shunday qilingan) edi. Uning oyoqlari besh kilometrgacha yerda sudralib borgan. U halok boʻladi. Ushbu hikoya Salvadordagi LGBT-faollar tomonidan soʻzlab berildi.

Bu kam uchraydigan holatlardan emas: taʼkidlanishicha, mamlakatda soʻnggi vaqtlarda nafrat tufayli transgenderlarga nisbatan amalga oshiriladigan jinoyatlar soni ortib bormoqda.

Ispaniya hikoyasi

45 yashar Sonya Reskalvo Zafra, transgender ayol Barselonada Syutadella parkida (Parc de la Ciutadella) olti nafar neonatsist skinxedlar tomonidan oʻldirilgan. Ular 16-17 yoshdagi oʻsmirlar boʻlishgan. Yosh yigitlar ayolni u transgender boʻlgani uchun bir necha marotaba boshiga oyoqlari bilan tepishgan. Ularning uylari tintuv qilingan vaqtda pichoqlar, beysbol bitalari va kastetlar topilgan. Sud oʻsmirlarni 310 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Oradan 22 yarim yil oʻtib Kataloniya geylar xaloskor fronti (Front d'Alliberament Gai de Catalunya) ushbu hodisa yuz bergan joyni Glorieta de la Transsexual Sònia (Transseksual Sonya maydonchasi) deb nomlashni taklif etgan. Shahar hukumati ushbu gʻoyani qoʻllab-quvvatlagan va fojia xotirasiga yangi nom rasman tasdiqdan oʻtkazilgan.

Rossiya hikoyasi/ Ishdagi tushunmovchilik

Transgenderlarning oʻzlarining aytishicha, Rossiyada noanʼanaviy jinsiy identifikatsiyalangan odamlar qotilliklari uchrab turadi, ammo bunday hodisalar koʻproq maishiy mojarolar va rashk tufayli yuzaga keladi.

Shu bilan birga, Trans Family YouTube-kanali muallifi Erika Askarovaning Sputnik radiosiga aytishicha, bunday odamlar diskriminatsiyaga duch kelishlari ham bor gap, xususan, ishga joylashishda.

"Meni koʻpincha ishga olishmagan. Rad etishlari uchun mening noodatiy tashqi koʻrinishimning oʻzi yetarli hisoblanardi. Ular mening maʼlumotim yoki professional sifatidagi koʻnikmalarimga mutlaqo ahamiyat berishmagan. Men ularga toʻgʻri kelmasligim, ular transgenderni ishga ololmasliklarini aytishardi. Mening dugonamni esa anchadan buyon dorixonadan ishdan boʻshatishga harakat qilib kelishmoqda, u farmatsevt boʻlib ishlaydi. Mehnat inspektsiyasida ish beruvchi uni ishdan boʻshatishga haqli emasligini tushuntirishsa-da, ammo bevosita ish joyida u muntazam diskriminatsiyaga duch keladi. Bu yerda murakkab tomoni - transgenderlik - jismoniy emas, balki ruhiy holatligida. Koʻpincha jinsni toʻliq oʻzgartirish uchun operatsiyaga pul topilmaydi. Va pasport boʻyicha, misol uchun, siz erkak boʻlsangizda, ish beruvchi qarshisida ayolni koʻradi. Bunday farqlar koʻpchilik uchun maqbul emas".

"Odatiy" koʻrinishga ega boʻlish esa, transgenderlarning oʻzlari uchun nomaqbuldir. Ushbu kolliziyaga aynan hozir qanday yechim topish mumkin - tushunarsiz. Ammo bir narsa ravshan, hech qanday holatda ham zoʻravonlikka yoʻl qoʻyish mumkin emas va uni hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi.

Asosiy mavzular