17:41 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
245 0 0

Hindiston janubidagi Andxra-Pradesh shtatining Eluru shahrida nomaʼlum kasallik avj olgandi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, nomaʼlum kasallikka chalinganlar soni 505 kishiga yetgan.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi sirli nomaʼlum kasallikning avj olishiga qoʻrgʻoshin yoki nikeldan zaharlanish sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Maʼlum boʻlishicha, yuqoridagi moddalar suv va sut tarkibida aniqlangan.

“Kasallikka aynan nima sabab boʻlgani boʻyicha batafsil axborot markaziy idoralar yakuniy xulosa berganidan soʻng taqdim etiladi. Birinchi navdatda aniqlanganki, kasallanish sababi qoʻrgʻoshindir”, — dedi shtat rahbarining sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari Alla Kali Krishna Shrinivas. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Xabarda qoʻshimcha tadqiqotlar natijalari ham tez orada maʼlum boʻlishi taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Hindistonda nomaʼlum kasallik sabab 350 nafardan ziyod kishi kasalxonaga tushgani va bir kishi vafot etgani xabar qilingan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, nomaʼlum kasallikka chalinganlar soni 505 kishiga yetgan. Shulardan 370 nafari tuzalib ketgan. Yana 120 kishi kasalxonalarda qolmoqda. Bundan tashqari, 19 kishi shtatning yirik Vijayavada va Guntura shaharlariga jiddiyroq tibbiy yordam olishi uchun yuborilgan.

Teglar:
kasallik, Hindiston

Asosiy mavzular