17:57 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
117610

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq Oʻsh viloyati IIB boshligʻi Abdilat Kaparov ishi yuzasidan jabrlanuvchi tomon sifatida sudga chaqirildi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Jogorku Kenesh deputati Asilbek Jeenbekov Oliy sud majlisiga taklif qilindi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston agentligi xabar qilmoqda.

16 dekabr kuni sudlov hayʼati sobiq Oʻsh viloyati IIB boshligʻi Abdilat Kaparovning ishini koʻrib chiqqan. U 2017 yildan buyon Soooronbay va Asilbek Jeenbekovlarga yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplamaganlik uchun jazo muddatini oʻtab kelgan.

Maʼlum qilinishicha, kechagi sud majlisi davomida advokat Erkin Sadanbekovdan sudga jabrlanuvchi tomon – Jeenbekovlarni chaqirish toʻgʻrisida iltimosnoma kelib tushgan. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va majlis 12 yanvarga qoldirilgan.

Avvalroq OAV Kaparov aka-uka Jeenbekovlar 2010 yil iyun voqealari vaqtida vaziyatni tartibga solish uchun ajratilgan 3 million dollarni oʻzlashtirganliklari haqidagi gaplari uchun mahkum qilinganini xabar qilgan edi.

Sooronbay Jeenbekov 2010 yildagi voqealardan soʻng Oʻsh viloyatidagi hukumatning vakolatli vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.

Teglar:
sud, Sooronbay Jeenbekov, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular