TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Antarktidaga ham koronavirus yetib bordi. Shu tariqa u koronavirusdan xoli yagona qitʼa maqomini yoʻqotdi. Bu haqda Avstraliyaning ABC telekompaniyasi xabar qilmoqda.
Xeneral-Bernardo-O'Xiggins Chili stantsiyasida 36 kishining tahlil natijalari musbat chiqqan.
“The Guardian” nashri xabariga koʻra, koronavirus bilan kasallanganlarning 26 nafari harbiy xizmatchilar, yana oʻn nafari stantsiyada xizmat koʻrsatuvchi xodimlar. Ularning barcha Chiliga evakuatsiya qilingan. Shifokorlarning ularning ahvolini yaxshi deb baholamoqda. Bazaga transport xizmatini koʻrsatgan kema jamoasining uch nafari ham koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻlgan. Ularning tahlillari Antarktidadan qaytgan reysdan keyin olingan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab 77,8 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 54,6 milliondan ziyod tuzalib ketgan. 1,7 milliondan ortiq kishi kovid qurboniga aylangan.
Xeneral-Bernardo-O'Xiggins Chilining Antarktikada faoliyat koʻrsatayotgan 13 ta bazasidan biridir. U Antarktika yarim orolining eng shimoliy nuqtasi yaqinida joylashgan.