16:58 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Dunyoda
Havola olish
323141

Harbiy ekspert fikriga koʻra, 2021 yilda zoʻravonlik toʻlqini faqat oʻsib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib boʻlmayapti

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021 yilda qurollangan mojaro boshlanishi ehtimoli boʻlgan qator davlatlar nomlarini sanab oʻtgan. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurollangan va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020 yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.

Mutaxassis fikricha, 2021 yilda zoʻravonlik toʻlqini faqat oʻsib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib boʻlmayapti.

Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afgʻonistonni keltirib oʻtgan - 2021-yilda bu mamlakatdan AQSH va NATO koalitsiya qoʻshinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.

Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi RF va boshqa mamlakatlarda taʼqiqlangan "Tolibon" radikal harakati taʼsiri oʻsishiga olib kelishi muqarrar. "Afgʻon mojarosining yangi abadiy kalavasini koʻrish mumkin bunda", deya taʼkidlagan u.

Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.

Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afgʻoniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib oʻtdi.

Tojikiston va Afgʻonistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. Soʻnggi vaqtlarda Tojikiston va Afgʻoniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan toʻqnashuvlari roʻy bermoqda, deya eslatgan nashr.

Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab oʻtgan.

Ushbu uch davlat daʼvogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va hindiston oʻrtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy toʻqnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Indostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy oʻtish yoʻlagi sanaladi.

Teglar:
Oʻzbekiston, Oʻzbekiston, Oʻzbekiston-Tojikiston, Tojikiston, Tojikiston, Markaziy Osiyo, urush

Asosiy mavzular