04:29 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
551 0 0

“Monde diplomatique” nashri koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi pandemiyani yengishi mumkinligini istisno qilmadi.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya koronavirus pandemiyasini yengishga qodir preparat ishlab chiqdi; Gʻarbda Rossiya ilm-faniga nisbatan nodonlik mavjud, deyiladi “Monde diplomatique” Frantsiya gazetasining ispancha nashri materialida.

“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonishmoqda?
Ruptly / twitter.com/samfazeli8 / twitter.com/sputnikvaccine / RFPI

Maqola muallifi Federiko Kuskoning fikriga koʻra, Gʻarbning “Sputnik V” vaktsinasining yaratilishiga boʻlgan loqayd va shubhaomuz munosabati rus ilmiy anʼanalariga nisbatan nodonlikdan yuzaga kelgan.

U preparatning ishlab chiqarilishi Rossiyadagi ilmiy ishlanmalar tarixiy zanjirlari natijasi ekanini taʼkidlagan. Ammo, uning fikriga koʻra, Gʻarb “hikoyachilari” yillar davomida Rossiya ilmiy yutuqlarini rad etib kelgan va endi vaktsina yaratilgani haqida eʼlon qilinishidan hayratga tushishgan.

“Farmatsevtika laboratoriyalari oʻz dori-darmonlarini qimmat narxlar bilan oʻtkazadigan AQSH hamda Yevropa Ittifoqi kabi mamlakatlardan farqli oʻlaroq, Rossiya pul ortidan quvmaydi”, - deb hisoblaydi Kusko.

U hozir “Sputnik V” vaktsinasi butun dunyo boʻylab tarqalayotgani, ehtimol, 50 yildan keyin Rossiya vaktsinasiga nisbatan Gʻarb gumonlarini hech kim esga olmasligini qoʻshimcha qildi.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaktsina ayni paytda oʻzining xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. Shuningdek, vaktsinada uzoq kuzatiluvchi salbiy oqibatlar mavjud emasligi oʻz isbotini topgan.

Teglar:
Yevropa, Sputnik V, vaktsina, Rossiya

Asosiy mavzular