Qozog‘iston "Sputnik V" bilan muddatdan oldin emlashni boshlaydi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishV Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini "Sputnik V"
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda 2 millionga yaqin kishini, ikkinchi yarim yillikda — 3-4 million kishini emlash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Qozog‘iston "Sputnik V" vaksinasi bilan 1-fevraldan, rejalashtirilgan muddatdan oldinroq vaksinalashni boshlamoqchi. Bu haqda seshanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ma’lum qilgan.
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda birinchi: Turkmaniston "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Sal oldin tibbiy va farmatsevtika nazorati qo‘mitasi raimi o‘rinbosari vazifalarini bajaruvchi Nurlibek Asilbekov, Rossiya preparati ishtirokida emlash ishlari mamlakatda fevral oyi oxirida boshlanishi haqida xabar bergan edi.
"2021 yilning 19-yanvar kuni Karaganda farmsanoati va Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi o‘rtasida 20 ming doza miqdorida "Sputnik V" vaksinasining birinchi partiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda, 20-yanvar kuni bir martalik olib kirish uchun ruxsatnoma berilishi rejalashtirilgan. <…> 1-fevralda tegishli aholi guruhlarini koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalashni boshlash rejalashtirilgan", - deb ma’lum qilgan Soy hukumat yig‘ilishida.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda 2 millionga yaqin kishini, ikkinchi yarim yillikda — 3-4 million kishini emlash rejalashtirilgan. Xususan, birinchi bosqichlarda yuqumli kasalliklar shifoxonasining tibbiyot xodimlari, tez tibbiy yordam xodimlari, qabulxonalar va sanepidxizmat xodimlari, pedagoglar va idoralardagi tibbiy xizmat xodimlari, talabalar va surunkali kasalliklarga ega shaxslar emlanadi.
Yangiliklar lentasi
0