TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. "Somon Eyr" aviakompaniyasi Tojikistondan Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashini eʼlon qildi.
Dushanbe - Toshkent - Dushanbe yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftada bir marta - juma kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya eng yaqin reysni kelasi juma, 29 yanvar kuni amalga oshirishni rejalashtirdi.
Dushanbedan joʻnab ketish soat 10:30da, Toshkentdan esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00da amalga oshiriladi.
Dushanbe-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilmoqchi boʻlgan Tojikiston fuqarolarida kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan COVID-19 yoʻqligi haqida maʼlumotnoma (PTSR-testi) boʻlishi kerak.
Koronavirus alomatlari boʻlgan va PTSR-testining ijobiy natijasi boʻlgan shaxslar reysga qoʻyilmaydi.
Oʻzbekistonga kelgan barcha yoʻlovchilar Toshkent aeroportida yoʻlovchilar hisobidan koronavirus infektsiyasiga qarshi antitellarni aniqlash uchun ekspress-testdan oʻtishlari kerakligi koʻrsatilgan. Ekspress-test natijasi ijobiy boʻlgan yoʻlovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.