08:59 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
184730

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi aholini minus 50 daraja qattiq sovuq boʻlishi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi aholini qattiq sovuq boʻlishi haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Tojikiston meteorologiya agentligining xabar berishicha, respublikaning togʻli va togʻ oldi hududlarida 29 yanvarga qadar sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Kechasi baʼzi tumanlarda termometr minus 16-21 darajagacha tushadi, TBAOning sharqiy qismida 36-41 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda. Pomirning sharqiy qismida - Bulunkulda harorat 51-53 darajagacha pasayadi.

Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya qilish zarurligi haqida eslatdi.

Avvalroq, yanvar boshida Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovugʻi kelishi haqida xabar bergandik.

Teglar:
FVV, sovuq, ob-havo, Tojikiston

Asosiy mavzular