AQSh Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini oshiradi - ekspert 

© Press-slujba Posolstva Uzbekistana v RFGlava Yevraziyskoy analiticheskoy gruppi Nikita Mendkovich
Glava Yevraziyskoy analiticheskoy gruppi Nikita Mendkovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari Nikita Mendkovich Afg‘onistonda AQSh qo‘shinlari sonini oshirilishi va Tolibon harakati bungan qanday javob berishi haqida. 
O‘tgan haftada Afg‘onistondagi Tolibon harakati delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurib Rossiya tashqi ishlar vazirligida muzokaraldar o‘tkazgan edi. Shuningdek Tolibon delegatsiyasi Eron va boshqa davlatlarga ham tashrif buyurgan.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
“Tolibon”* vakillari Moskvaga keldi
Mendkovich aytishiga qaraganda, ayni damda Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish tarafdori bo‘lgan davlatlar poytaxtlariga tashrif buyurib, AQSh, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish shartnomasiga zid ravishda, Islom Respublikasida qo‘shinlar sonini oshirgan taqdirda, qanday choralar ko‘rish mumkinligini muhokama qilmoqda.   
Ekspert xulosasiga ko‘ra, tolibon barcha kuzatuvchilarga o‘zining tinchlik haqidagi bitimga sodiqligini ko‘rsatmoqchi, lekin shu bilan bir vaqtda AQSh ushbu bitimga amal qilmagan holda, qanday choralar ko‘rish mumkinligini ham o‘rganmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, Bayden kelganidan so‘ng AQSh yangi hukumati Afg‘onistonda qo‘shinlar soni qayta tiklanishi mumkinligini xabar qilgan edi. 
"Ayni damda tolibon, AQSh qo‘shinlar sonini ko‘paytirgan taqdirda, boshqa davlatlar, jumladan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish tarafdorlaridan biri bo‘lgan Rossiya ham, qanday reaksiya qilishini kutmoqda", - deydi Mendkovich. 
Ayni damda tolibon o‘ziga ittifoqdosh qidirmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish tarafdori bo‘lgan Rossiya, bundan keyingi voqealarga juda katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s ministrom inostrannix del Afganistana Xanifom Atmarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
Nikita Mendkovich aytishga qaraganda, Afg‘onistonda oldin muzlatib qo‘yilgan harbiy bazalarning bir qismi qayta ochiladi va qo‘shinlar soni ko‘paytiriladi. Tinchlik o‘rnatish shartnomasiga qo‘shilgan toliblar - ushbu qadamlarni dushmanona deb qabul qiladi. Hozir ular o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. 
Ekspert aytishiga ko‘ra, hozir Afg‘onistonda qurolli mojarolar faollashuvi xavfi paydo bo‘lmoqda. Shu sababli tinchlik o‘rnatish tarafdori bo‘lgan yirik mahalliy kuchlar, birinchi damda Rossiyaning harakatlari juda muhim deb hisoblaydi ekspert. 
Batasfil Sputnik podkastida tinglang. 
Mendkovich: SShA budut vosstanavlivat chislennost voysk v Afganistane
Yangiliklar lentasi
0