TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Xitoyda Rossiyaning "Cherkizovo" kompaniyasi parranda goʻshti qadoqlarida koronavirus izlari topildi, deb xabar beradi "RIA Novosti" Rosselxoznadzorga asosan.
"Xitoy Xalq Respublikasi bosh bojxona boshqarmasi Guandun viloyatida Rossiyaning 3 ta goʻsht va parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonadan kelgan 13 ta partiyada COVID-19 genomini aniqlaganligi toʻgʻrisida xabar berdi. Kompaniyalari Bryansk, Voronej va Kursk viloyatlarida joylashgan va “Cherkizovo” guruhiga kiradi", - deyiladi xabarda.
Xitoy qonunchilik talablariga asosan 3 fevraldan boshlab ushbu korxonalardan import deklaratsiyasini qabul qilish 4 haftaga toʻxtatiladi.
Qadoqda koronavirusning genetik moddasi topilgan mahsulot partiyalari qaytarilishi yoki yoʻq qilinishi kerak.