18:29 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
89 0 0

Gaiti prezidenti Jovenel Moiz mamlakatda davlat toʻntarilishi va davlat rahbariga suiqasd uyushtirishning oldi olinganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Gaitida davlat toʻntarilishi va mamlakat prezidenti Jovenel Moizga suiqasd uyushtirishning oldi olindi. Bu haqda mahalliy “Haiti Libre” nashri xabar qilmoqda.

Prezident Moiz brifing davomida maxsus xizmat xodimlari sabab shanba kuni davlat toʻntarilishiga urinishning oldi olinganini maʼlum qildi. U fitnachilar uni oʻldirishni rejalashtirganini qoʻshimcha qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari davlat toʻntarilishini uyushtirishga tayyorgarlik koʻrishga aloqador 20 kishini hibsga olgan.

“France Presse” agentligining xabar qilishicha, hukumat qoʻlga olinganlardan qurol-yaroqni musodara qilgan. Adliya vazirining soʻzlariga koʻra, fitnada hukumatning yuqori lavozimli amaldorlarining qoʻli bor.

Bir necha oy mobaynida Gaitida prezident Moizning isteʼfosini talab qilib, norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Ularda radikal guruhlar ham qatnashmoqda. Oʻtgan hafta politsiya bilan toʻqnashuvlar chogʻida kamida besh kishi halok boʻldi, yana bir necha kishi yaralandi.

Teglar:
prezidentga suiqasd, Gaiti

Asosiy mavzular