15:49 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Dunyoda
Havola olish
263 0 0

Donald Tramp AQSH tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident boʻldi.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. AQSH Senati sobiq prezident Donald Trampni impichment ishi boʻyicha oqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Impichmentni yoqlab senatorlarning 57 nafari ovoz bergan, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun 100 nafar senatorlarning kamida 67 nafari yoqlab ovoz berishi kerak edi. Shu tariqa, Tramp isyonga davʼat etish aybovi boʻyicha oqlandi.

2021 yil 6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga eʼtiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar toʻdasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi gʻalabasi tasdiqlanishi kerak boʻlgan Kongressning qoʻshma sessiyasini toʻxtatib qoʻydi. Bu Vakillar palatasining unga impichment eʼlon qilishiga sabab boʻldi, keyin ish Senatga yoʻnaltirildi.

Donald Tramp AQSH tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident boʻldi.

2020 yil fevral oyida AQSH Senati prezident Donald Trampga eʼlon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. Oʻshanda u hokimiyatni suiisteʼmol qilish va Kongressga toʻsqinlik qilishda ayblangandi.

Asosiy mavzular