17:26 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
23410

Rossiya koronavirusga qarshi uchinchi vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Bu Chumakov nomidagi Ilmiy markaz yaratgan “KoviVak” vaktsinasidir.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan va “KoviVak” nomini olgan koronavirusga qarshi uchinchi Rossiya vaktsinasi roʻyxatga olindi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin maʼlum qildi.

Mishustinning soʻzlariga koʻra, vaktsinaning birinchi 120 ming dozasi mart oʻrtasida muomilaga chiqariladi. Vaktsina yaratuvchilari xalqaro bozorga chiqishni ham rejalashtirilgan.

Chumakov nomidagi markaz direktori Aydar Ishmuxametovning soʻzlariga koʻra, “KoviVak” koronavirusning mutatsiyalariga ham qarshi samarali boʻladi, chunki unda virusning genom parchalaridan emas, balki u butunligicha foydalanilgan.

Bunga qadar Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaktsinasi. Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan “KoviVak” vaktsinasi uchinchi boʻldi.

Asosiy mavzular