10:13 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Dunyoda
Havola olish
362 0 0

“Rossiya AQSH va transatlantik sherikchilik boʻyicha ittifoqchilari oʻrtasidagi munosabatlarini "buzmoqchi" – Jo Bayden.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden “Rossiya AQSH va uning ittifoqchilari oʻrtasida transatlantik sherikchiligini "buzmoqchi", deb aytdi.

AQSH davlat rahbari taʼkidlashicha, Moskva goʻyoki "Yevropa loyihasi va NATO ittifoqini zaiflashtirmoqchi" va "transatlantik hamjihatligimiz va qatiyatligimizga putur yetkazmoqchi".

Rossiya “kuchli transatlantik alyans bilan muzokaralar olib borishdan koʻra, alohida davlatlarga tahdid qilish ancha osonroq”, deb hisoblamoqda Oq uy rahbari. Shu sababli Bayden Ukrainaning suverenitetini himoya qilish zarurligini alohida taʼkidladi.

Baydenning fikriga koʻra, Rossiya bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar Xitoy bilan boʻlgan munosabatlardan farq qiladi, ammo "ular ham haqiqiy", biroq, ushbu ikkala holatda ham Vashington "mojaroni istamaydi", deb taʼkidladi AQSH prezidenti.

Teglar:
Moskva, Xitoy, NATO, Yevropa, Rossiya, Jo Bayden, AQSH

Asosiy mavzular