Analitika

Amerikalik siyosatshunos: Saudiya Arabistoni AQShga doʻst emas, dardisar

Oʻtmishda bir necha bor Vashingtonning “hojatini chiqargan” Ar-Riyod Amerika qiyofasida oʻziga “tan soqchi” orttirdi. Ammo soʻnggi voqealar Saudiya Arabistoni AQShga ortiqcha yuk boʻlayotganini koʻrsatmoqda...

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. “AQSH va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlarni ikki ogʻiz gap bilan ifodalab boʻlmaydi. Toʻgʻri, Ar-Riyod oʻtmishda Vashingtonning bir necha bor “hojatini chiqargan”, lekin u Amerikaga doʻst emas”, deb yozadi The New York Times nashrida chop etilgan maqolasida Fors qoʻltigʻi davlatlari instituti Saudiya Arabistoni siyosiy munosabatlari boʻyicha eksperti Ali Al-Ahmad, RIA Novosti xabariga koʻra.

Iroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron va Saudiya Arabistoni “sovuq urushi”ning 7 sababi

“Saudiyachilar AQSH bilan “ogʻiz-burun oʻpishib” yurgan bir paytda, bu munosabatlardan oʻzi koʻzlagan maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanishgan. Amerikaliklar ham bundan naf koʻrishgan, albatta. Jumladan, Saudiya Arabistoni AQShga 1940 yildan boshlab arzon narxda neft yetkazib bera boshlagan. Bundan tashqari, Afgʻonistondagi davlat tuzumini toʻntarish uchun jihodchilarni qoʻllab quvvatlab, Amerikaga kommunizm ustidan gʻalaba qozonishga yordam bergan. Saudiyachilarning ana shu “yordami” qariyb oʻttiz yildan beri davom etib kelayotgan vayron qiluvchi kuchga ega mojaroga asos soldi. 

Natijada, “Tolibon”, “Al-Qoida” singari terrorchilik guruhlari yuzaga keldi”, — deb yozadi Ali Al-Ahmad.

“Afgʻonistondan SSSRni “siqib chiqarish” uchun millionlarni ayamagan AQSH Saudiya Arabistonidan shu darajada cheksiz minnatdor boʻldiki, natijada saudiyachilarga soʻragan narsasi muhayyo qilindi. Kamiga Saudiya Arabistoni endilikda AQSH qiyofasida “tan soqchi”ga ega boʻldi. Bundan havolanib ketgan saudiyachilar boʻlar-boʻlmasga oʻz hududiy raqiblari va dushmanlari, jumladan, Eronning ham, jigʻiga tega boshladi.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni munosabatlarni tiklash uchun Eronga bitta shart qoʻydi

1970-yillar oxirida saudiyachilar orqada turib olib maʼqullash maʼnosida hayqirib turgan bir paytda aynan amerikaliklar Eron bilan urush olib borishgan”, — deb taʼkidlaydi ekspert.

"Oxirgi yillarda Amerikadan goh Suriya, goh Iroq, goh Misr ichki ishlariga aralashishni talab qilayotgan saudiyachilar oʻzlarining telbanamo hatti-harakatlari, bolalarcha gʻazabnokligi bilan AQSH uchun dahmazaga aylandi.

Saudiyachilar gapda terrorchilikka qarshi kurashgani bilan amalda aksincha, terror uyushmalarini qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu esa AQShning Yaqin Sharqdagi manfaatlari hamda xavfsizlikka tahdid solmoqda”.

Saudiya Arabistoni harakatlariga qarshi norozilik namoyishi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Siyosatshunos: Saudiya Arabistoni ahmoqgarchilikka yoʻl qoʻydi, lekin bu uning muammosi

Ekspertning fikricha, Vashington Ar-Riyodni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishi lozim. 

AQShning Saudiya Arabistoniga bildirgan ishonchi Amerika xalqi manfaati uchun ziyonga aylandi. Saudiyachilar siyosati amerikaliklarning Yaqin Sharqdagi pozitsiyalariga “zarba” berdi.

Endi AQShga arzon neftning keragi yoʻq. Amerikaga ekstremizm ustidan gʻalaba qozonish va tinchlikni tiklash havodek zarur. Saudiya Arabistoniga esa AQShning bu xohishi maʼqul emas, demak, u AQSH uchun ortiqcha dahmazaga aylanmoqda”, deb oʻz maqolasiga yakun yasaydi Ali al-Ahmad.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala