Boboqulovaning hamqishloqlari: Rossiyaga ketishdan oldin u qo‘shnilar bilan janjallashib qoldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishQotil-enaga Gulchehra Boboqulova Moskva shahar Presnya tuman sudi zalida.
Qotil-enaga Gulchehra Boboqulova Moskva shahar Presnya tuman sudi zalida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hamqishloqlarining guvohlik berishlariga qaraganda, Moskvada yosh qizaloqni vahshiylarcha o‘ldirgan G. Boboqulova O‘zbekistonga oxirgi marta borganida, birinchi turmush o‘rtog‘i bilan yarashishga va to‘ng‘ich o‘g‘li bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga harakat qilgan.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘tgan haftada O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova tomonidan sodir etilgan vahshiy qotillik barchani larzaga soldi. O‘zi qaramog‘ida bo‘lgan 4 yashar qizchani o‘ldirib, boshini tanasidan juda qilgan qotil-enaga O‘zbekistonga so‘nggi bor borganida, birinchi turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarni yaxshilashga uringan, deb xabar qildi Sputnik  muxbiriga Boboqulovaga qo‘shni bo‘lganlardan biri. Hamsuhbat o‘z ismi sir tutilishini iltimos qildi.

G. Boboqulova sud jarayonida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berdi - Sputnik O‘zbekiston
Tergovchi: “Qotil-enaga” sodir etgan jinoyat mohiyatini aniqlash qiyin bo‘ladi

Ayolning so‘zlariga qaraganda, Gulchehra O‘zbekistonda vaqtiligida o‘zini juda boshqacha tutgan. “U qandaydir hayajonda edi go‘yo, hamma ishlarini tartibga keltirishga sho‘ng‘ib ketgan edi”, — dedi hamsuhbat.

"Endi-endi tushunib yetapmanki, Gulchehra o‘zini tanigan yaqin kishilarida iliq xotiralarni qoldirishga harakat qilgan, u ayniqsa, birinchi turmush o‘rtog‘i bilan aloqalarni tiklashga umid qilgandi. Qolaversa, to‘ng‘ich o‘g‘li bilan ham yarashib olishga harakat qildi. Ona-bola unchalik kelishmasdi”, — deb ta’kidladi qo‘shni.

Qo‘shni ayolning so‘zlariga qaraganda, Boboqulovaning tushkun kayfiyatidan anglasa bo‘lardiki, uning barcha harakatlari zoe ketgan edi. Shaxsiy hayotida kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bermagani, Gulchehrani jahldor qilib qo‘ygan. U hatto, ba’zi bir qo‘shnilar bilan janjallashishgacha borgan.

"Mahallamizda har qanday janjal yoki mish-mish tez tarqaladi. Boboqulova Rossiyaga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgani sabab, chipta uchun qo‘shnilardan qarz so‘rashga chiqqan. Ammo kerakli miqdordagi mablag‘ni to‘play olmagan. Qo‘shnilarning hammasi ham qarz bermagani uchun, Gulchehra ularning ba’zi birlari bilan janjallashishgacha borgan. Ulardan biri bilan hatto mushtlashmoqchi ham bo‘lgan, ammo qo‘shni ayolning eri chiqib qolib, janjal yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymagan, ikkala ayolni bir amallab tinchlantirgan", — deb hikoya qildi suhbatdosh.

Qo‘shni ayolning aytishicha, ushbu mash’um qotillik butun qishloq ahlini o‘yga solgan. Odamlar voqealar rivojini kuzatib borishmoqda. Qotil-enaganing aksariyat qo‘shnilari Rossiyada mehnat qilishayotgani bois, odamlar ularning taqdiri uchun juda qayg‘urishmoqda. Kim bilsin, deydi ayol, bu qotillikdan keyin Rossiyada o‘zbeklarga munosabat qay darajada bo‘ladi.

Qotil-enaga G. Boboqulova Presnya tumani sudi qarori bilan 29-aprelga qadar hibsga olindi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek jurnalistlari: “qotil-enaga” tufayli Rossiyadagi migrantlar jabr ko‘rishini xohlamaymiz

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral kuni Moskva shahri “Oktabrskoe pole” metrosi stansiyasida qo‘lida yosh bola boshini ushlab olgan ayol qo‘lga olindi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, ayol “Allohu akbar!” deb baqirib, atrofdagilarni hozir o‘zini portlatib yuborishi bilan qo‘rqitgan. Shu bois uning yoniga borishga hech kim jur’at etmagan.

Oradan uzoq vaqt o‘tmay, ayol politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Metro atrofida portlovchi modda aniqlanmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1977-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova Moskva shahridagi Narodnoe opolchenie ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi oilada enaga bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, ayol qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishlarini kutgan va shundan so‘ng qizchani o‘ldirib, kvartiraga o‘t qo‘ygan va telbanamo ahvolda ko‘chaga chiqib ketgan. Yong‘in o‘chirilgach, qizaloqning boshsiz tanasi aniqlangan(ilk ekspertiza xulosalariga ko‘ra, qizaloq avval bo‘g‘ib o‘ldirilgan va shundan so‘ng boshi tanasidan judo qilingan bo‘lishi ham mumkin).

O‘zbekiston IIV matbuot-xizmatiga qo‘ng‘iroq qilganimizda, Moskva shahrida o‘zbekistonlik ayol tomonidan sodir etilgan mudhish jinoyat haqida Rossiya internet resurslari orqali xabardor bo‘lishgani haqida ma’lum qilishdi. Jinoyatda ayblanayotgan ayol bilan bog‘liq savollarga izoh berishmadi.

Yangiliklar lentasi
0