Dunyoda

Suriya operatsiyasi. Yakunlar

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishRossiya HKKga qarashli Tu-160 raketatashuvchi-bombardimonchisi
Rossiya HKKga qarashli Tu-160 raketatashuvchi-bombardimonchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Olti oylik harbiy harakatlardan soʻng Rossiya HKKning asosiy qismi Suriyani tark etdi. Ushbu qaror rasmiy Damashq bilan kelishgan holda qabul qilindi. Quyida yarim yil davom etgan Rossiya harbiy kampaniya natijalari tahlilini eʼtiboringizga havola qilamiz.

TOSHKENT, 15 mar – Sputnik, Aleksandr Xrolenko. Rossiya qoʻshinlari asosiy qismi Xmeymim aviabazasidan olib chiqilishi favqulodda yoki tasodifan yuzaga kelgani yoʻq. Suriya davlatining “Islom davlati” bilan kurashda yuksak natijalarga erishganini, Rossiya HKK oldiga qoʻyilgan maqsadlarga toʻliq amalga oshganini, oppozitsiyachilar bilan muzokaralar oʻtkazishga erishilganini, qolaversa, Jenevada oʻtkazilayotgan tinchlik muzokaralarini shu olti oylik operatsiya natijasi sifatida koʻrsatish mumkin, RIA Novosti.

Suriyaning Xmeymim aerodromida Rossiya harbiy guruhi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin qoʻshnlarini Suriyadan olib chiqishga buyruq berdi

Yaʼni, qoʻshinlarning chiqarilishi – rejali amalga oshirildi.

14 mart kuni Kremlda oʻtkazilgan uchrashuvda Vladimir Putin quyidagicha taʼkidladi: "Bizning Tartusdagi dengiz bazamiz, Xmeymim aerodromidagi aviatsiya bazamiz – avvalgidek tartibda faoliyat olib boradi. Ular quruqlikda, dengizda va havoda ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim”.

Bundan tashqari, Suriya hukumatidan olgan barcha majburiyatlarni toʻliq ado etadi: yaʼni, Bashar Asad boshchiligidagi hukumatga qurol-aslaha, harbiy texnikalarni yetkazib berib, suriyalik harbiy mutaxassislarni oʻqitadi. Rossiya tomonidan tashkil qilingan tinchlik oʻrnatish boʻyicha koordinatsiya markazi ham oʻz faoliyatini davom ettiradi.
Nimalar amalga oshirildi?
Rasmiy Damashq talabiga koʻra, Rossiya oʻtgan yilning kuzida Suriyada turli kuch va vositalardan iborat, son jihatdan kichik, ammo oʻta samarali harbiy uyushmani tashkil qildi. Suriyaga eng qudratli hisoblangan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi – S-400 olib kirildi. Rossiya Suriyadagi harbiy harakatlarda XXI asrda birinchi boʻlib, uzoq masofaga moʻljallangan strategik raketatashuvchi aviatsiyani samarali qoʻlladi.
Besh yarim oy mobaynida toʻqqiz mingdan oshiq parvozlar amalga oshirildi. Rossiya HKK aviatsiyasi 2000dan ziyod terrorchilarni yoʻq qildi.
Rossiya HKK harbiylari ishtirokida Suriya qoʻshinlari 400ta aholi yashovchi punktlarni terrorchilardan ozod etishga muvaffaq boʻldi, barcha yoʻnalishlarda tashabbusni oʻz qoʻllariga oldilar, tinchlik oʻrnatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga muvaffaq boʻldilar.
Rossiya harbiy yutugʻi oʻlaroq, Suriya hukumati qoʻshinlari va oppozitsiya kuchlari oʻrtasida otishmalar toʻxtatildi.
Bundan tashqari, Suriyadagi hamkorlik oʻlaroq, Eron va Rossiya harbiy-texnik sohada hamkorlikni mustahkamlab oldi.
Rossiyaning Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqib ketishi, tinchlik jarayoni boshlanishini tezlashtiradi. Tan olish joiz, 2015 yilning kuzida Gʻarb bizga “Ikkinchi Afgʻonistonni yuzaga keltirishimiz mumkinligi” haqida bashorat qilgan edi. Rossiya Yaqin Sharqni bosib olishga intilyapti, degan ayblovlarni ham eshitgan edik. Rossiya HKK erishgan yutuqlar, qoʻshinlarning Suriya hududidan olib chiqib ketilishi — Rossiya ushbu mintaqada qay darajada samarali va begʻaraz siyosat yuritganini yaqqol isbotlamoqda.

Moskova Kremli koʻrinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskva Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishni taklif qildi

Agar AQShning Afgʻonistondagi operatsiyalarini yoki Iroqdagi harakatlarini esga oladigan boʻlsak(toʻliq barbod qilingan Liviyani hisobga olmay turib) Rossiyaning Suriyadagi tajribasi ancha optimistik koʻrinishini tan olishdan boshqa iloj qolmaydi.
Aytgancha, 13 yil mobaynida Afgʻonistonda uch mingdan ziyod xalqaro kontingent harbiy xizmatchilari halok boʻlishdi, ammo ushbu qurbonlar toliblar faolligi, narkotrafik jadalligi, fuqarolar urushi potentsialiga zarracha boʻlsada taʼsir koʻrsatmadi.
Umuman olganda, bu ikki vaziyatni qiyoslashimiz unchalik toʻgʻri ham emas.
AQSH va NATOdan farqli oʻlaroq, Rossiyaning Suriyadagi ishtiroki qonuniy edi. Rossiya Suriyadagi harbiy operatsiyalarni mamlakatning qonuniy prezidenti Bashar Asad talabiga asosan amalga oshirdi. Yaʼni, Moskva mavjud SAR davlatini allaqanday oʻylab topilgan standartlar qobigʻiga haydab kiritishga harakat qilmadi, Rossiya va AQSH oʻrtasidagi tavofut mana shunda.

Rossiya buzmadi, aksincha, himoyaladi.

"Ikkinchi Afgʻon" vujudga kelmadi. Shaxsiy tarkibda ham yoʻqotishlar boʻlmadi, deb baralla aytish mumkin edi, agar oʻz kuchini keraksiz joyda namoyish qilishni xohlab qolgan Turkiyaning xoinona harakati boʻlmaganida.
Boshqa borada Rossiya HKK Rossiya armiyasining naqadar tartib-intizomli va uyushqoq ekanligini namoyish etdi. Oʻtgan vaqt mobaynida yirik CHP holatlari sodir boʻlmadi. Dushman tomon har bir harakatimizni kattartirib koʻrsatadigan lupa orqali sinchiklab oʻrganib borganini hisobga oladigan boʻlsak, erishgan natijalarimizdan faxrlanishimiz mumkin.
Kampaniya yakuni sifatida yana nima deyish mumkin? Oʻtgan yilning yoz oyida deyarli koʻmilishga tayyor boʻlgan Suriya, avvalgidek suveren davlat maqomini saqlab qoldi. Suriya bugun BMTga aʼzo-mamlakatlar singari haq-huquqlarga ega.
Bugun, hatto Bashar Asad dushmanlari, mamlakatni boshqara oladigan boshqa nomzod yoʻqligini tan olib turibdi. Rossiya esa bu gapni allaqachon aytib boʻlgan edi.

Suriya prezidenti Bashar Asad. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Bashar Asad: “Qanday prezidentligimni Suriya xalqi hal qiladi. Yevropaliklar emas”

Xullas, Rossiya HKK oʻz oldiga qoʻygan maqsadni toʻligʻicha bajardilar. Endi suriyaliklar mamlakat ichki siyosatida muammolarni bartaraf etish uchun boshlangan ishga nuqta qoʻyishlari kerak. Vaqt keldi. Jenevada boʻlib oʻtadigan tinchlik muzokaralari yakuni qanday boʻlar ekan, koʻramiz.
Rossiya HKK Suriyadan olib chiqib ketilishi Oq uy uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Bu qaror AQShni sarosimaga solib qoʻydi, deb aytish mumkin. AQSH hukumati rahbarlari Vladimir Putinning Suriya boʻyicha qabul qilgan yangi qarori haqida oldindan ogohlantirish olmagan edi.
Shu bois, Moskvaning kutilmagan bayonoti ularni bagʻoyat taajjubga soldi. Lekin nima uchun Moskva Suriyadan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishini uchinchi davlatlar bilan kelishgan holda amalga oshirishi kerak ekan?
Soʻngsoʻz oʻrnida.
Agar shunga zarurat tugʻilsa, Rossiya istalgan vaqtda Suriyada oʻz HKKni olib kirishi va oʻstirishi mumkin. Buning uchun Federatsiya Kengashining yangi qarori talab etilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala