Jamiyat

Karimov nomli xiyobon: siyosiy ishora va hurmat belgisi

© Sputnik / StringerKarimov nomidagi xiyobon
Karimov nomidagi xiyobon - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimovga atalgan yodgorlik oʻrnatiladigan joy bilan tanishish uchun Moskvaga bir guruh oʻzbek haykaltaroshlari yetib kelishdi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Moskva hukumatining shahardagi xiyobonlardan biriga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish haqidagi qarori Oʻzbekistonga nisbatan doʻstlik belgisi hisoblanadi, biroq ayrim moskvaliklar bu qarorni ijobiy qabul qilishmadi.

Oʻzbekiston elchixonasi yaqinidagi Bolshaya Polyanka koʻchasidagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan atala boshlandi. Ilgariroq Moskva meri saytida Rossiya va Oʻzbekistonning fan va madaniyat arboblari mana shunday taklif bilan chiqqanliklari xabar qilingandi. Sputnik muxbiri Bolshaya Polyanka koʻchasidagi 39- va Kazachiy pereulok koʻchasidagi 13-uylar orasida joylashgan Islom Karimov xiyobonida boʻlib, poytaxtliklarning bu boradagi fikrlarini bilishga qiziqdi.

Bu Moskva markazida joylashgan, shahardagi oʻnlab xiyobonlarga oʻxshab hech narsasi bilan ajralib turmaydigan oddiy xiyobonlardan biri. Xiyobonda daraxtlar va ular ostida skameykalar bor xolos. Biroq tez orada hammasi oʻzgaradi – xiyobon oʻrtasida Oʻzbek yetakchisiga yodgorlik oʻrnatiladi, xiyobonning oʻzi esa obodonlashtiriladi.

Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasi. 3 sentyabr - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Moskvada Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirilmoqda

Aksariyat shaharliklar bu nomlanish asosga ega, chunki xiyobon yaqinida Oʻzbekiston elchixonasi joylashgan deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, muxbir soʻrovida qatnashganlarning ayrimlari ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yuqori baholashdi. Ammo xiyobonni rus adabiyoti yoki siyosat vakili nomi bilan atash lozimligini aytganlar ham topildi.

"Islom Karimov, shubhasiz yetuk siyosat arbobi. Lekin u kishining bu yerga qanday aloqasi borligini tushunmadim", — dedi oʻtkinchilardan biri.

Oʻlkashunos, "Arxnadzor" jamoatchilik harakati koordinatori Konstantin Mixaylov buni shunday izohladi.

"Shaharliklar nom berish muhokamalarida ishtirok etishmaydi, — dedi Konstantin Mixaylov. — Ular shuning uchun bunday holatlarga salbiy fikr bildirishadi. Turli xizmat va portallar orqali soʻrovnoma oʻtkazish, ovoz berishni tashkil qilish mumkin edi. Aks holda bunday salbiy fikrlar kelib chiqaveradi".

Moskvashunos Sergey Kaydashev oʻz navbatida bu masala siyosiy xarakter kasb etishini va bunga Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari nuqtai nazaridan qarash kerakligini taʼkidladi.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi

"Xiyobon, park, koʻcha va maydonlarni Rossiya poytaxtiga bevosita aloqador shaxslar nomi bilan atash yaxshimas. Lekin boshqa tomondan Moskva zamonaviy Rossiya hayotining qomusiga aylangan shahardir, — dedi Kaydashev. — Moskvadagi koʻplab koʻcha va maydonlar xorij siyosatchilari nomi bilan ataladi. Koʻchalar Moskva tarixi bilan bogʻliq holda nomlangani yaxshi, lekin bugungi kunda yangicha qarashlar paydo boʻlmoqda".

Buning ustiga, dedi oʻlkashunos, yuridik masala ham bor. Qonunga koʻra koʻcha yoki maydonni tarixiy shaxsning nomi bilan atash uchun uning vafot etganiga oʻn yildan oshgan boʻlishi kerak, dedi Kaydashev.

"Lekin menimcha koʻcha va xiyobonlarni nomlash tarix sohasidan siyosat sohasiga oʻtmoqda", — dedi u. — Islom Karimov Moskva bilan bevosita bogʻliq emas, lekin, Rossiyaga tashriflari chogʻida elchixonada boʻlgan. Mana shu fakt hal qiluvchi rolni oʻynagan boʻlsa kerak".

Rossiya davlat gumanitar universitetining siyosiy sotsiologiya kafedrasi dotsenti Maksim Artemyev ham ushbu qarorning qabul qilinishi siyosat, Rossiyaning Oʻzbekiston bilan doʻstligini mustahkamlash zaruriyati bilan bogʻliq ekanligini bildirdi.

Igor Voskresenskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Voskresenskiy: Islom Karimov haykali Oʻzbekiston tomonidan taqdim etiladi

"Istiqbolda Moskva aholisining bu qarorga nisbatan keskin qarshiligi kutilmaydi. Brateyevo metro stantsiyasi nomi Olma-Ota shahri nomiga oʻzgartirilganida ham norozilik bildirilmagan. Bu aholi oʻrtasida norozilik uygʻotadigan yoki jamoatchilik munozarasini keltirib chiqaradigan xabar emas", — dedi Artemyev.

Islom Karimovga atalgan yodgorlik oʻrnatiladigan joy bilan tanishish uchun Moskvaga bir guruh oʻzbek haykaltaroshlari yetib kelishdi. Oʻzbekiston tomonidan Moskvaga taqdim etiladigan yodgorlik varianti respublika hukumati va marhum Prezidentning oila aʼzolari ishtirokida tanlab olinadi.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni vafot etdi va oʻzi tugʻilib-oʻsgan Samarqand shahrida dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala