Shavkat Mirziyoyevga ishonsa bo‘ladimi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Robindranat Tagor xalqaro mukofoti sovrindori, shoir Muhammad Ismoil o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev qanday shaxs ekanligi xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Men bir necha yil oldin eshitgan Shovkat Miromonovich haqidagi bu hikoya yuragimdan chuqur joy olgan edi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda, uni ommaga e’lon qilishga ahd qildim, deb yozadi ijodkor Muhammad Ismoil o‘zining facebookdagi sahifasida.

"Otaning o‘z o‘g‘liga, yoki o‘g‘ilning o‘z otasiga mehribonligi tabiiy hol. Bu tabiiylik, Xudoning kalomi orqali odob-axloqning eng go‘zal ko‘rinishi deb e’tirof etilgan. Ammo hamma o‘g‘il ham otasiga mehribonmi, hamma ota ham o‘g‘liga mehribonmi?" – deya, bo‘lib o‘tgan bir voqeani so‘zlab bergan edi, Sirdaryo elining hurmatli oqsoqoli Abdullajon Turdiqulov.

O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov: Shavkat Mirziyoyev — Islom Karimovning siyosiy farzandi
"Bu olatasir zamonda, bir-biri bilan yoqalashayotgan, bir-biri bilan sudlashayotgan ota va o‘g‘ilni ko‘rdik. Yumshoqroq aytsak, xaj safariga ketayotgan otasini kuzatmagan o‘g‘ilni ko‘rdik, bir yilda bir ota holidan xabar olmagan o‘g‘ilni ko‘rdik, hali ota tirik turib, mol-mulkini talashayotgan o‘g‘ilni ko‘rdik. Bularni ko‘raverganingizdan keyin otani boshiga ko‘tarib yurgan mard o‘g‘illar ko‘zingizga chaqmoqday ko‘rinar ekan. Dunyoda otasining duosini olmagan odamning biri hechqachon ikki bo‘lmaydi. Kimki unib o‘ssa ota duosi tufayli unib o‘sadi. Shovkat Miromonovich shunday, otasining duosini olgan yigit.

Shovkatning otasi Miromon aka suhbati shirin, dilkash va muloyim kishi edi. Soatlab o‘tirib diydorlashsangiz suhbatiga to‘ymas edingiz.

Men, Miromon aka bilan xukumat statsionarida o‘n besh kun davolandim. Shunda, qishloqdan chiqqan oddiy yigitning bu qadar katta martabaga erishishining, qiyinchiliklarni, to‘siqlarni, yengib bo‘lmas qarama-qarshiliklarni yengib o‘tishining sabablarini topganday bo‘ldim. Shovkat, og‘ir ahvolda qimirlolmay, o‘rnidan turolmay qolgan otasining qo‘lini bir zumga qo‘yib yubormay, yonida o‘n besh kun o‘tirdi. O‘zi, otasining qurib qolgan lablariga ho‘l ro‘molcha bosdi, o‘zi yuzlarini yuvib qo‘ydi, turg‘izib cho‘miltirdi, tahoratini yangilab turdi, otasining ko‘zidan ko‘zini uzmay yupatdi, o‘zi yig‘ladi, mehru-muhabbatini tinmay izhor qildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Shavkat Mirziyoyevning tayinlanishi – to‘g‘ri qaror
Bosh vazirning bu qadar mehribonchiligini ko‘rib shifoxonada yig‘lamagan odam qolmadi. Holbuki, bu ishlarni qilishga yuzlab hamshiralar, shifokorlar, shifoxona rahbarlari shay turardi. Shovkat, farzandlik burchim deb, bu yumushlarni barini o‘zi qildi, hech kimni yaqin yo‘latmadi. Miromon aka, to so‘nggi nafasigacha o‘g‘lini duo qildi: — Iloho, unib-o‘sgin, elimizga, millatimizga xizmat qiladigan yigit bo‘lgin, balo-qazolardan nari bo‘l, go‘rimda ham to qiyomatgacha duo qilaman. Men sendan roziman, sen bilan faxrlanaman, sen dunyodagi eng yaxshi o‘g‘ilsan…-deya jon berdi.

Abdullajon aka menga bu voqealarni so‘zlab berganiga qariyib o‘n yil bo‘layapti. Menday, otasini erta yo‘qotgan, otasini qo‘liga bir marta suv quyishga zor bo‘lib, armonda yurgan inson uchun bu hikoya hechqachon unutilmasdir.

Shovkat Miromonovichning insoniy fazilatlariga keyinchalik o‘zim ham bir necha bor guvoh bo‘ldim. Tabiiyki, har bir inson beixtiyor holatda rahbariyatning o‘z qavmdoshlariga, kasbdoshlariga yaxshi yomon munosabatini kuzatib turadi. Bu holatdan men ham istisno emasman. Rahbariyatning shoir va yozuvchilarga, ustozlarimizga munosabatini hamisha kuzatib kelaman.

Shovkat Miromonovichning yorqin iste’dodli shoir, jondan sevgan akam Muhammad Yusufning 60-yilligi tantanalarida shaxsan o‘zi ishtirok etishi, yozuvchi-shoirlar bilan dildan suhbati, yaxshi-yaxshi asarlar yozishga undashi bu odamga nisbatan ijodkorlar qalbida bir umrlik muhabbat uyg‘otdi. Shuningdek, O‘zbekiston Qahramoni, ulug‘ ustoz Erkin Vohidov vafot etganlarida janoza marosimlarida qatnashishi, Erkin Vohidovning o‘g‘li Xurshidjonga ta’ziya izhor qilishi, yeru-ko‘kka sig‘may ohu-nola chekayotgan Gulchehra opaga taskin so‘zlar aytib, dalda bo‘lishi, g‘amgusorlik bildirishi, ham moddiy, ham ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishi, O‘zbekiston Bosh vazirlarining birortasi shu paytgacha qilmagan hodisalar edi.

Shavkat Mirziyoyev - O‘zbekiston prezidenti v.b., Bosh vazir - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchi kasbi dunyodagi eng ulug‘ va sharafli kasb"
Aniq esimda, Shovkat Miromonovich Erkin Vohidov bilan tashqarida emas, ichkarida, hali marhum uydalik paytida, butun oila-a’zolari, yaqinlar, qarindosh-urug‘lar vidolashayotgan paytda, ichkariga kirib xayrlashgan, rozi-rizolik so‘ragandi.(Aytishlaricha, Shovkat Miromonovich O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, buyuk yurtboshimiz Islom Karimov vafot etganlarida ham, g‘assollar bilan birga bo‘lgan, g‘assollarga suv tashib turgan ekan.)

Shovkat Miromonovichning Erkin Vohidovga, Halima Xudoyberdiyevaga, Muhammad Yusufga ko‘rsatgan ehtiromlari, shaksiz shubhasiz adabiyotimizga bo‘lgan ehtirom, adabiyotni sevishlariga yorqin misoldir.

Ushbu hikoyani, O‘zbekiston Qahramoni, bugungi kun o‘zbek she’riyatining qiroli Abdulla Oripovning quyidagi so‘zlari bilan yakunlamoqchiman:

— Shovkat Miromonovich adabiyotni, xususan she’riyatni nihoyatda qadrlaydi. Tanishganimizga yigirma yillar bo‘lgan bo‘lsa hechqachon meni e’tiborsiz qoldirmagan. Hamisha holimdan xabar olgan. Og‘ir kunlarimda yelkadosh bo‘lgan, shodmon kunlarimda birga quvongan. Katta rahbar vazifasidagi sadoqatli do‘stni topish nihoyatda mushkul. Do‘stlar odatda rahbar bo‘lgach do‘stlarni unutib yuboradi. Shovkat Miromonovichda esa aksincha, rahbar bo‘lgach, do‘stlariga mehribonliklari yanada ortib ketdi. Umrimning yarmi shifoxonalarda o‘tdi. Goh shifo topdim, goh topolmadim. Juda qiynalib, ahvolim zaiflashib bir qultum nafasga zor bo‘lib qolganimda, jonimga Shovkat Miromonovich oro kirdi.

Bu kishining da’vati va moddiy ko‘magi bilan dastlab Turkiyada davolanib qaytdim, keyin Amerika Qo‘shma Shtatlarida davolandim. Mana hozir ham, Shovkat Miromonovichning moddiy ko‘magi, do‘stona g‘amxo‘rligi, mehribonligi sabab Qo‘shma shtatlarda davolanmoqdaman.

Men ham Shovkatjonni Miromon aka qanday duo qilgan bo‘lsa, xuddi shu tilaklarni aytib duo qilaman va umrimning oxirigacha qilgan barcha yaxshiliklari uchun ta’zim bajo keltiraman: — Iloho unib o‘sing, martabangiz ulug‘ bo‘lsin, elimizga, millatimizga, dinimizga xizmat qiladigan mard inson bo‘ling, sizni to ro‘zi qiyomatgacha duo qilaman, hechqachon g‘am ko‘rmang, Xudo sizni qo‘llasin!

Yangiliklar lentasi
0