Dunyoda

Kuba parlamenti Fidel Kastroga haykal oʻrnatishni taʼqiqladi

© REUTERS / Henry RomeroFidel Kastro portreti oldiga qoʻyilgan gullar
Fidel Kastro portreti oldiga qoʻyilgan gullar - Sputnik Oʻzbekiston
Kuba respublikasi parlamenti Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga haykal oʻrnatish, mamlakat maydon va koʻchalariga uning nomini berish yoxud Kastro nomidan tujjorlik faoliyatida foydalanishni taʼqiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Kubada koʻchalarga Kastro nomini berish va Fidelga haykal oʻrnatish taʼqiqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Fidel Kastro - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Komandante shunday degan: Fidel Kastroning eng yorqin iboralari
Taʼkidlanishicha, Kuba xalq hukumati milliy assambleyasi (respublika parlamenti) Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga haykal oʻrnatish, mamlakat maydon va koʻchalariga uning nomini berish yoxud Kastro nomidan tujjorlik faoliyatida foydalanishni taʼqiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qilgan.

Qabul qilingan hujjat muqaddimasida taʼkidlanganidek, qonun Fidel Kastro irodasiga mos keladi.

Hujjatga koʻra, Kuba inqilobi yetakchisi nomidan "tashkilotlar, maydonlar, koʻchalar va boshqa jamoat joylarini nomlashda foydalanish taʼqiqlanadi". Qonunda shuningdek, har qanday unvon va mukofotlarga Kastro nomini bernish ham man qilingan.

"Fidel kastro siymosidan monumentlar, byustlar, haykallar va boshqa xotira obʼyektlarini qad roslashda hamda tijorat maqsadlarida foydalanish taʼqiqlanadi" deya qoʻshimcha qilingan qonunda.

Shu bilan bir vaqtda, qabul qilingan qonunchilik loyihasi Komandante siymosidan adabiy asarlarda foydalanishni cheklamaydi.

Kastro xotirasiga bagʻishlangan miting - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna Kuba sharqiga qarab yurishni boshladi
Cubadebate sayti xabariga koʻra, Fidel Kastro nomi va siymosidan foydalanishni taʼqiqlovchi qonun ayni vaqtda Kubadagi korxonalar, maktablar va universitetlarni bezab turgan Kastro tasvirlangan suratlar va plakatlarga joriy etilmaydi.

Nashr xabariga koʻra, Fidel Kastro nomi faqatgina uning merosini oʻrganish bilan shugʻullanish maqsadida yaratiladigan biron bir tashkilotga berilishi mumkin, xolos.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala