Jamiyat

Oʻzbektelekom foydali va xavfsiz maʼlumotlar jamlangan arzon tarif yaratdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishSotsialnыe seti
Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi tariflarni ishlab chiqishda 2006 yildan boshlab taʼlim muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, ilmiy, madaniy-maʼrifiy markazlar, yaʼni yuridik muassasalar imtiyozli ravishda ulanib kelgan «ZiyoNET» tarif rejasi asos qilib olingan.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, "Oʻzbektelekom" AJ, Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi hamda UZINFOKOM Markazi tomonidan tashkil etilgan taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan taʼlimiy va koʻngilochar resurslardan foydalanish mumkin boʻlgan maxsus «ZiyoNET» tarif rejalarining joriy qilinishi haqida eʼlon qilindi.

Jamiyat
Oʻzbekistonda eng koʻp tavsiya qilingan internet-provayderlar reytingi

Maʼlumki, zamonaviy internet texnologiyalari foydali jihatlar bilan bir qatorda yot gʻoyalarni targʻib qilish, millatchilik, zoʻravonlik, ekstremizm kabi salbiy taʼsirlarni ommalashtirish vositasi sifatida yosh avlod tarbiyasiga jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda.

Ota-onalar farzandlarini bu kabi taʼsirlardan himoya qilish uchun, Internetdan foydalanishni butunlay cheklab qoʻyishni maʼqul koʻrishadi. Natijada, bola Internet tarmogʻining foydali jihatlari, yaʼni bilimlarini boyitish, tajriba almashish, jahon va mahalliy miqyosidagi soʻnggi yangiliklar bilan tanishish va elektron kutubxonalardan foydalanish kabi imkoniyatlaridan ham mahrum boʻladi.

Ayrim ota-onalar odatda "ota-ona nazorati", "qora roʻyxati" kabi maxsus tizimlarni joriy qilgan holda, farzandlariga Internet tarmogʻidan foydalanishga ruxsat beradilar. Ammo bu uslub doim ham oʻzini oqlamaydi.

Yosh avlodga Internet tarmogʻida qulay, xavfsiz muhit yaratish, taʼlim va bilim beruvchi resurslardan yagona nuqtadan foydalanishlarini tashkil qilish orqali, salbiy taʼsir koʻrsatuvchi axborot manbaalaridan himoya qilish maqsadida "Oʻzbektelekom" AJ tomonidan maxsus tarif rejalari turkumi va qoʻshimcha xizmatlar yaratildi.

Xalqaro tajriba asosida tatbiq qilinayotgan tizim, xavfdan xoli boʻlgan foydali Internet resurslaridan ommaviy foydalanish imkoniyatini beradi.

Yangi tariflarni ishlab chiqishda 2006 yildan boshlab taʼlim muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, ilmiy, madaniy-maʼrifiy markazlar, yaʼni yuridik muassasalar imtiyozli ravishda ulanib kelgan «ZiyoNET» tarif rejasi asos qilib olingan.

Bundan buyon «ZiyoNET» maxsus tarif rejalariga jismoniy shaxslar ham ulanishlari mumkin boʻldi. Foydalanuvchi «ZiyoNET» tarmogʻidan Yagona axborot resurslari roʻyxatiga kirgan ilmiy-taʼlimiy, maʼnaviy-maʼrifiy va bolaning etuk va sogʻlom boʻlib voyaga etishiga xizmat qiladigan boshqa milliy va xalqaro Internet sahifalari oʻrin olgan.

Ushbu tarif rejalarini ishlab chiqishda uning nafaqat yoshlar uchun foydali, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlarning hammabop — qulay narxda boʻlishiga ham alohida urgʻu qaratilgan. 

«ZiyoNET» tarif rejasida Yagona axborot resurslari roʻyxatiga kiritilgan xalqaro va TAS-IX, yaʼni Milliy.UZ domenida faoliyat koʻrsatuvchi saytlardan foydalanish mumkin boʻladi.

Kontrolnaya rabota v shkole - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
ZiyoNET portalida maktab oʻquvchilari uchun imtihon materiallari joylashtirildi

Tarif rejasida TAS-IX tarmogʻidagi hududidagi saytlardan foydalanish trafigi chegaralanmagan. Bunday saytlardan foydalanganda hisobdan megabayt sarf qilinmaydi.

Ayni paytda, «ZiyoNET» tarifi doirasiga taʼlim, madaniyat, sport, biznes, tibbiyot yoʻnalishlaridagi 3 mingdan ziyod milliy va xalqaro saytlar kiritilgan va ularning soni kun sayin oshib bormoqda.

Qolaversa, "Eng kichik yoshli foydalanuvchilar uchun" ham maxsus saytlar roʻyxati mavjud. Ushbu roʻyxat muntazam tahlil hamda foydalanuvchilar takliflariga koʻra, boyitib boriladi.

UZINFOCOM Markazi foydalanuvchilarni yoshlar uchun foydali va qiziqarli sayt nomlarini ushbu roʻyxatga qoʻshish boʻyicha taklif berish, shuningdek yoshlarbop resurslar ishlab chiqishga hissa qoʻshishga chaqiradilar. Yoshlarbop sayt yaratish istagida boʻlganlarga «ZiyoNET» portali loyihasi doirasida Markaz bepul amaliy va texnik koʻmak beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala