Analitika

Bloger Mirzo Subxanov Ozodbek Nazarbekovga: siz sanʼatkormi yoki tadbirkor?

© Iz lichnogo arxiva blogera Mirzo SubxanovaBloger Mirzo Subxanov
Bloger Mirzo Subxanov - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq "Oʻzbekkontsert" "Qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin" mavzusida sanʼatkorlar bilan yigʻilish oʻtkazgan edi. Tadbir davomida Ozodbek Nazarbekov sanatkorlarni mansabdorlar umuman hurmat qilmasligi hamda artistlar xizmatidan bepul foydalanib kelinayotganligi haqida soʻzladi

TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Bloger Mirzo Subxanov Ozodbek Nazarbekov tomonidan "Oʻzbekkontsert" yigʻilishida aytilgan fikrlarga oʻz noroziligini bildirdi.

Amfiteatr - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Insofga kelmagan estrada xonandalari sanʼatkorlar safidan chiqariladi
"2017 yil 2 iyun Oʻzbekiston sanʼati tarixiga zarvaraqlar bilan yoziladigan boʻldi. Kelajakda bu kunni oʻzbek sanʼatkorlari kasb bayram sifatida nishonlashsa ajabmas. Bu kunda Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ilk marotaba "sanʼatkorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni" talab qilib chiqdi", deb yozadi oʻz blogida Subxanov.

Qayd etilishicha, Ozodbek yillar mobaynida sanʼatkorlar Davlat tashkilotlari tomonidan hurmatsizlikka uchrab kelishayotgani va sanʼatkorlar xizmatidan bepul foydalanib kelinayotganini iddao qilib, kelgusida bu narsaga chidab boʻlmasligi va Davlat tadbirlarida faqat pullik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish kerakligini ham aytib oʻtgan. Ozodbekning bu talabi boshqa sanʼatkorlar tomonidan ham qoʻllab-quvvatlangan.

© 1news.uzOʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov
Narodnыy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov

Bloger xalq artistining bu soʻzlariga javoban: "Nahotki shuncha yillar davomida "xoʻrlanib" kelgan sanʼatkorlar faqat bugun bu masalani koʻtarib chiqdilar?! Bunga nima sabab boʻldi?", deya savol tashlagan. Hamda "balki bunga oxirgi paytlarda Ozodbek Nazarbekovni odamlar toʻylarga kamroq chaqirayotgani sababdir. Yoki sanʼatkorlar Davlat tadbirlarida pul koʻchirish yoʻli bilan qatnashib, oʻzlarining moliyaviy holatini oʻnglab olmoqchimi", deb taʼkidlagan.

Umuman olganda oʻz fikrlarimni birovni pulini sanash uchun bildirayotganim yoʻq, deya davom etadi Subxanov.

"Shaxsan menga tinchlik bermayotgan savol: "Nega Ozodbek Davlat tashkilotlari, xususan Prokuraturani umumiy yomonladi?". Yuridik jixatdan uning bu harakatlari "Davlat organlariga asossiz ravishda ochiqdan-ochiq behurmatlik va tuhmat qilish", deb baholanishi mumkin. Bu esa maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanishiga sabab boʻlishi mumkin.

Shundan soʻng bloger xalq artistiga oʻz murojaatini bayon etgan.

"Hurmatli fukaro O. Nazarbekov! Agar Sizni Davlat tashkilotlari mansabdor shaxslaridan kimdir xafa qilgan boʻlsa ham, Siz umumiy bir Davlat organini ayblashga xaqqingiz yoʻq! Sizni xafa qilgan mansabdor shaxslarning ism-familiyasini ayting, isbot keltiring, aks holda Sizning mish-mishchidan farqingiz qolmaydi.

Oʻylab koʻring, Sizdek nufuzga ega odam "prokuratura yomon" desa, oddiy xalqning Davlatga boʻlgan hurmati pasaymaydimi?

Prokuratura korporativiga boribsiz, pul soʻrashga uyalibsiz, nega vaqt oʻtgach ular yomon siz yaxshi boʻlishingiz kerak?

Skrinshot. Mirzo Subxanov blogi
Skrinshot. Mirzo Subxanov blogi - Sputnik Oʻzbekiston
Skrinshot. Mirzo Subxanov blogi

Davlat tadbirlarida qatnashish uchun oldindan bank hisob raqamingizga toʻlov qilishni taklif etdingiz. Ammo nima uchun kuniga bitta avtomobil sotib olsa boʻladigan pulga teng, noqonuniy valyutada toʻylardan keladigan tushumni boshqa tadbirkorlar singari bankka topshirmaysiz? Axir har qanday tadbirkor, soliqdan ozod boʻlsa ham, tadbirkorlikdan kelgan kunlik naqd pul tushumini bankka topshirishi shartmasmi? Nakd pul boʻyicha Markaziy bankda kariyb har kuni majlis oʻtkazilishidan sizning xabaringiz yoʻq boʻlsa kerak, tushunishimcha.

Xonanda Lola Yoʻldosheva - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shou-biznesmas, toʻy-biznes: Lola Yoʻldosheva oʻzbek sanʼatkorlarini tanqid qildi

Hurmatli ustoz sanʼatkorlarimizdan biri Munojot Yoʻlchiyeva toʻylarga chiqishni oʻzlariga ep koʻrmas ekanlar. Hattoki konservatoriyaga koʻp paytlarda jamoat transportida yetib olar ekanlar. Mana sizga sanʼatkor va "tadbirkor"ning farqi.

Davlat bayramlari bu avvalambor xalqimizning xursandchilik kuni. Koʻplab ustoz va yangi umidli sanʼatkorlar bu xursandchilikni xalk bilan birga kutib olishni orzu qilib yuradilar. Ularga pulning ahamiyati yoʻq.

Sizga qolsa keyingi "Oʻzbekkontsert" majlislarida "Mustakillik bayramida odamlar nega sanʼatkorga pul qistirmaydi?" deb, shu anʼanani joriy etsangiz, ajabmas.

Tarixda halol mehnat qilib topilgan pulni yerga sochish va odamlarga qistirishni ham oʻsha paytdagi "tadbirkor" sanʼatkorlar oʻylab topishgan.

Sanʼatkorlar! Davringiz oʻtib ketmokda, ovoz borida gapirib olinglar, deb qolaman".

Muallif fikri tahririyat nuqtai-nazari bilan mos tushmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala