TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. 5 iyul kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri hamyurtlarimiz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.
Doimiy yashovchi fuqarolarimiz, mehnat muhojirlari hamda Astraxanning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yosh talabalar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Noqonuniy migratsiya, odam savdosi, diniy ekstremizm, terroristik faoliyatga qoʻshilishni oldini olishga bogʻliq muammolar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Yashab turgan davlat qonunlariga soʻzsiz rioya etish va oʻz hujjatlarini ehtiyotkorlik bilan saqlash zarurligi taʼkidlandi.
Sayyyor konsullik qabul davomida, fuqarolik, vatanga qaytish sertifikati va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishga oid turli masalalar boʻyicha 51ta hujjat koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.
Ilgariroq "Xalq bilan muloqot va inson manfattlari yili" Davlat dasturida belgilangan topshiriqlarni bajarish maqsadida Rossiyaning Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida sayyyor qabullar oʻtkazilgan edi, deyilgan xabarda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Elchixonasi yaqin kunlarda Moskva shahridan uzoqda boʻlgan Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham konsullik boʻlimi xodimlari safar qilishlari rejalashtirilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.