Jamiyat

Oʻzbekistonda ish stajini hisoblash tartibi oʻzgardi

Yangi tartibga koʻra, fuqaro ish staji 2 kategoryaga boʻlingan: birinchisi ijtimoiy toʻlovlar toʻlab borilgan haqiqiy ish faoliyati, ikkinchisi - qonun tomonidan belgilangan, mehnat faoliyatiga shartli ravishda tenglashtirilgan davrlar.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi bir qator hukumat qarorlariga oʻzgarishlar kiritdi, deb xabar qilmoqda Lex.uz sahifasi.

Yangi qabul qilingan hujjatga koʻra, nafaqa olish huquqini beradigan mehnat muddati ikki kategoriyaga boʻlingan.

Birinchi kategoriya:

— moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari toʻlab borilgan, har qanday ish faoliyati, xoh davlat tashkilotida, xoh xususiy korxonada boʻlsin;

Delegatsiya Rostruda posetila Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyada ishlayotgan migrantlarning staji va pensiya taʼminoti muhokama qilindi

— harbiy xizmat, partizan otryadlari safida boʻlish, davlat xavfsizlik va ichki ishlar organlari safida xizmat qilish;

— harbiy qoʻriqlash xizmati, maxsus aloqa xizmati, togʻ-qutqaruv qismlarida xizmat qilish;

— xususiy mehnat faoliyati, qoramol yetishtirish, dehqon xoʻjaliklarida ishlash yoki boshqa xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish,  Byudjetdan tashqari nafaqa fondiga sugʻurta toʻlovlari toʻlab borilgan taqdirda;

Ikkinchi kategoriya:

— I guruh nogironi, yoki nogiron-bolaga 16 yoshga toʻlguniga qadar boʻlgan qarash vaqti;

— 80 yoshdan katta boʻlgan, doimiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan qariyalarga qarash vaqti;

Keksa momo. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pensiya uchun minimal staj miqdorinini oshirish taklif etildi

— oliy  oʻquv maskanlarining kunduzgi boʻlimlarida, harbiy bilim yurtlarida, doktorantura va klinik-ordinaturada oʻqish vaqti;

— yosh bola 3 yoshga toʻlguniga qadar parvarishlar vaqti, umumiy hisobda 3 yildan koʻp boʻlmasligi kerak;

— harbiy xizmatchilar tumumsh oʻrtoqlarining ishga joylashish iloji boʻlmagan hududlarda yashash muddati, 10 yilgacha;

— diplomatik va konsullik xizmati vakillarining chet elda boʻlgan vaqti,  10 yilgacha;

Bundan buyon faqat bir kategoriya doirasida turli sohalarda ij staji bir xil boʻlganda, nafaqa oluvchi xoxishiga qarab ulardan biri hisobga olinadi. Turli kategoriyalarda ish staji bir xil boʻlgan taqdirda birinchi kategoriya hisobga olinadi.

Shunday qilib, fuqarolar real mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta toʻlovlari toʻlab borilgan davriga ustuvorlik huquqi berildi.

Byudjetdan tashqari nafaqa fondiga toʻlov amalga oshirish huquqi boʻlgan, lekin toʻlov amalga oshirilmagan davri ish stajining oxirgi 10 yillik davriga qoʻshilmaydi.

Elektron mehnat daftarchasi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bir necha oy oldin qogʻoz koʻrinishidagi mehnat daftarchalari bekor qilingan edi. Fuqarolarning ish staji, amalga oshirga sugʻurta toʻlovlarining barchasi elektron maʼlumotlar bazasi shaklida saqlanishi xabar qilingan edi.

Trudovaya knijka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda mehnat daftarchalari bekor qilinadi

Ushbu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, fermerlar va boshqa yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlar 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, qolgan barcha toifadagi yuridik shaxslar 2019 yilning birinchi yanvaridan boshlab mehnat stajini elektron hisobga olish tizimiga oʻtkazishni belgilagan.

Xususiy tadbirkorlar va yuridik shaxslar byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi hisobotlarni boshqa soliq hisobotlari tarkibida taqdim etishlari kerak.

2019 yildan boshlab fuqarolarga mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlar Davlat interaktiv xizmatlari yagona portali orqali taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala