Emomali Rahmonning kenja qizi bank raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

© Ofitsialniy sayt prezidenta RTTojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmonning yetti kuyovi iqtisod va moliya sohalarida lavozimlarni egallab kelishadi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning farzandlaridan biri — Zarina Rahmon "Oriyonbank" raisi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda "Vecherniy Bishkek" nashri.

Dushanbe shahrining sobiq meri - Maxmadsaid Ubaydulloyev - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon kecha ishdan bo‘shatilgan Dushanbe merini "Oltin toj" ordeni bilan mukofotladi
Xabarda aytilishicha, bankni Zarinaning tog‘asi — Hasan Asadullozoda boshqarishi aytilgan. Bank hujjatida Zarina Rahmon bu lavozimga 2017-yilning boshida tayinlangani aytilgan.

23 yashar Zarina Rahmon — Emomali Rahmonning oltinchi qizi, u Britaniyadagi kollejni tamomlagan.

2010 yilda Tojikiston Davlat televideniyesida yangiliklar boshlovchisi sifatida faoliyat yuritgan. Chet elda ta’lim olgan Zarina ikki oy davomida diktor bo‘lib ishlab, ingliz tilida xabar o‘qigan.

2013 yilda Zarina Tojikiston hukumati huzuridagi Aloqa xizmati rahbari Beg Saburning o‘g‘li Ramz Zuxurov bilan nikohdan o‘tgan.

Rahmon Ozoda Emomali - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmonning qizi dunyoning eng omadli ayollari ro‘yxatiga kiritildi
Aytish joizki, Tojikistondagi OAVlarda Tojikiston rahbarining uch farzandi — Ozoda, Rustam va Ruhshonalarning ismlari tez-tez tilga olinib turadi.

Ozoda Rahmon 2016-yildan beri prezident ma’muriyatini boshqarib keladi. Turmush o‘rtog‘i Jamoliddin Nuraliyev Tojikiston Milliy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab keladi.

29 yashar Rustam Emomali joriy yilda Dushanbe meri etib tayinlangan va sal vaqt o‘tib shahar majlisi raisi etib saylangan edi. Rahmonning yana bir qizi — Ruhshona 2016-yilning noyabridan beri Tojikiston Tashqi ishlar vaziri xalqaro munosabatlar boshqarmasi rahbari o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib keladi. Emomali Rahmonning yetti kuyovi iqtisod va moliya sohalarida lavozimlarni egallab kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0