Madaniyat

"Sharq taronalari" festivalida 250 nafar xorijlik sanʼatkorlar ishtirok etadi

© Flickr / Salimjon HusenovFestival "Shark taronalari"
Festival Shark taronalari - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu musiqa anjumani tarixida kuzatilmagan Yamayka, Malavi, Myanma va Urugvay davlatlari vakillari ishtirokini taʼminlash boʻyicha muzokaralar olib borilyapti

TOSHKENT, 10 avgust — Sputnik. "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida 56 davlatdan 250 nafar xorijlik sanʼatkorlar ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda festival ijrochi direktori T.Xoliqovga tayanib uz24.uz xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, shu kunga qadar 120 ga yaqin badiiy jamoalar orasidan 38 ta jamoa saralab olindi. Ushbu musiqa anjumani tarixida kuzatilmagan Yamayka, Malavi, Myanma va Urugvay davlatlari vakillari ishtirokini taʼminlash boʻyicha muzokaralar olib borilyapti.

Festival Shark taronalari - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Samarqand "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrmoqda

Festivalning ahamiyatini yanada oshirish, dunyo hamjamiyati eʼtiborini Oʻzbekiston musiqa madaniyatiga qaratish maqsadida 20 ga yaqin xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus davra suhbatlari, taqdimotlar va mahorat darslari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Festival doirasida "Sharq xalqlari musiqa madaniyati milliy anʼanalarining shakllanishi va rivojlanishi" mavzusida ilmiy-nazariy konferentsiya oʻtkaziladi. Unda 20 dan ortiq xorijlik taniqli musiqa mutaxassislari, olimlarning ishtirok etishi koʻzlangan.

Shuningdek, anjumanga faxriy mehmon sifatida YUNESKO, MDH, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Koreyaning Andong, Xitoyning Shanxay xalqaro musiqa festivallari vakillari taklif qilingan.

Bu safar AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy, Estoniya, Quvayt, Indoneziya, Bangladesh, Rossiya va oʻzbekistonlik mutaxassislardan iborat hakamlar hayʼati shakllantirildi.

Sharq taronalari festivali - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda Sharq taronalari yangraydi

Samarqand viloyat hokimligi xabar berishicha, festival munosabati bilan shahar koʻchalari, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda, zamonaviy tungi yoritish uskunalari bilan taʼminlanmoqda.

Ayni paytda shahar koʻchalariga Rossiyadan keltirilgan 1,5 ming tup manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Ikki million tup gul koʻchatlari oʻtqazish ishlari boshlab yuborildi. Anjuman boshlangunga qadar shaharning 20 ta yirik yoʻl chorrahalarida kompozitsiyali gulzorlar barpo qilish, markaziy koʻchalar kesishmasida mustaqillik yillari erishilgan yutuqlarni videoroliklar yordamida namoyish etish maqsadida katta hajmdagi 7 ta monitor, samarqandliklar hamda xorijlik sayyohlarga anjuman ishtirokchilari chiqishlarini tashkil etish uchun 5 ta yigʻma sahna oʻrnatish rejalashtirilmoqda.

Tadbirlarni xorij ommaviy axborot vositalarida keng yoritish maqsadida 15 ga yaqin davlatlardan 25 nafar jurnalist jalb etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala