OʻzMU Janubiy Koreya hamkorligida raqamli maʼlumotlar boshqaruviga oid anjuman oʻtkazadi

OʻzMU Janubiy Koreya bilan yirik maʼlumotlar bazasi ilovalarini tashkil etadi
OʻzMU Janubiy Koreya bilan yirik maʼlumotlar bazasi ilovalarini tashkil etadi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti bilan birgalikda 15-17 avgust kunlari maʼlumotlar bazasi ilovalarini tashkil etish va taʼminlash nomi ostida xalqaro ilmiy konferentsiya oʻtkazadi

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti bilan birgalikda 2017 yilning 15-17 avgust kunlari Big data applications and services (Maʼlumotlar bazasi ilovalarini tashkil etish va taʼminlash) nomi ostida xalqaro ilmiy konferentsiya oʻtkazadi.

Natsionalnыy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Milliy universitetning 10 ta fakultetida qoʻshimcha sirtqi boʻlimlar ochildi
Mazkur konferentsiyani tashkil etishdan maqsad — innovatsion xulosalar haqida tasavvurga ega boʻlish, akademik va industrial oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, yirik maʼlumotlar bazasi yuzasidan olib boriladigan tadqiqotlar hamkorligini rivojlantirish va umumjahon raqamli maʼlumotlari boʻyicha boshqaruvni amalga oshirishdir.

Milliy universitetning olimlari va isteʼdodli yoshlari bilan birgalikda konferentsiyada Toshkentdagi INXA, Vestminstr, TATU universitetetlari vakillari, Janubiy Koreyaning BIG DATA assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Big data Ilmiy instituti, AJOU universitetining tadqiqotlar va rivojlanish Markazi, Janubiy Koreyaning Kyongxi universiteti, Milliy Xavasizlikning tadqiqotlar instituti, Elektronika va telekommunikatsiya tadqiqotlar instituti, Kungmin Janubiy Koreya universitetei, Kyunpuk Milliy universiteti, Sok Muyung Xotin-qizlar universiteti, Kangvon Milliy universiteti, Bangladeshning ilm va Axborot texologiyalari universitetlari vakillari ishtirok etadilar.

Shuningdek, anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Qirgʻiziston, Polsha, Xitoy va boshqa mamlakatlar olimlari ham ishtirok etishlari kutilmoqda.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
OʻzMU sirtqi taʼlim boʻlimga qabul eʼlon qildi
Umumiy horijiy ishtirokchilar soni — 70 kishidan iborat.

Konferentsiya doirasida zamonaviy IKT va kompyuter texnologiyalarining ilmiy-amaliy aspektlari va dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashinadi. Konferentsiyada quyidagi mavzular kengroq oʻrganilishi rejalashtirilgan:

— Maʼlumotlar bazasining modeli va algoritmlari;

— maʼlumotlar bazasi ilovalari va arxitektura;

— maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish;

— maʼlumotlar bazasining axborot xavfsizligi;

— maʼlumotlar bazasini vizuallashtirish;

Xalqaro Press-klub yigʻilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi inspektsiya ochiladi
- ijtimoiy tarmoqlar tahlili;

— maʼlumotlar bazasi va elektron hukumat;

— maʼlumotlar bazasidan sanoatda foydalanish;

— biznesdagi maʼlumotlar bazasining roli.

Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar va davra suhbati, oʻqituvchilarning malakasini oshirish kurslarida yetakchi xorij olimlarining maʼruzalarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala