Siyosat

Afgʻoniston prezidenti Oʻzbekistonga tashrifga tayyorgarlik koʻrmoqda

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishAfgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani Axmadzoy
Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani Axmadzoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan Afgʻoniston Islom Respublikasining Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Mirziyoyev taklifidan soʻng Afgʻoniston prezidenti Oʻzbekistonga tashrifga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy "Jahon" axborot agentligiga Oʻzbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan bildirgan qutlovi davomida aytib oʻtgan.

Jeleznaya doroga v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Afgʻoniston hududida temiryoʻl qurishda davom etadi
"Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan Afgʻoniston Islom Respublikasining Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻrilmoqda. Mazkur tashrif doirasida xavfsizlik, temir yoʻl transporti, energetika, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, sogʻliqni saqlash, kimyo va avtomobil sanoati kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 20 dan ziyod davlatlararo, hukumatlararo, vazirlik va idoralararo hujjatlarning imzolanishi koʻzda tutilgan", — deb aytgan Shahobuddin Timuriy.

Elchi Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida azaldan doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari mavjudligini aytib, ikki mamlakat ahlini tarixiy savdo aloqalari, madaniy va anʼanaviy urf-odatlar bogʻlab turishi, ikki xalq bitta daryodan suv ichishini taʼkidlab oʻtgan.

"Albatta, mamlakatlarimiz rahbarlari oʻrtasida xalqaro anjumanlar doirasida oʻtkazilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar, turli vazirlik va idoralar oʻrtasida olib borilayotgan muzokaralar hamda kelishuvlar savdo va iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi va kengayishini taʼminlamoqda.

Mirziyoyevning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi
Shubhasiz, Afgʻoniston va Oʻzbekiston rahbarlarining saʼy-harakatlari natijasida ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalar yuqori pogʻonaga koʻtarildi, oʻzaro munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Mavjud hamkorlikning jadallik bilan rivojlanib borishi xalqlarimiz doʻstlik rishtalarining yanada mustahkamlanishi va kengayishiga, oʻzaro ishonch va hurmat oshishiga xizmat qiladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili lavozimining taʼsis etilishi rasmiy Toshkentning diyorimizga boʻlgan qiziqish va ehtiromi yuqori ekanidan dalolat beradi".

Elchi fursatdan foydalanib, mustaqillikning 26 yilligi munosabati bilan oʻzbek xalqiga samimiy tabriklarini va ezgu tilaklarini yoʻllagan.

"Oʻlka farovonligi va yuksalishi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati elning gʻayrat va shijoatiga bogʻliqdir, shu munosabat bilan Oʻzbekiston rahbariyati va uning mehnatkash xalqiga bu borada katta zafarlar tilayman.

Bu shonli yoʻlda aslo tolmang, aziz birodarlar! Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!"

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala