Siyosat

Trampning BMTni isloh qilish haqidagi deklaratsiyasini 128ta davlat imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp soʻzlariga koʻra, BMT qogʻozbozchilik va notoʻgʻri boshqaruv tufayli oʻz salohiyatini toʻliq rivojlantirolmagan. "AQSH yirik donor sifatida kerakli natijalarni koʻrmayapti, shu bois biz tashkilot isloh qilinishi tarafdorimiz", - deb bayonot qilgan Tramp

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. AQSH tomonidan taklif qilingan BMTni isloh qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani 193ta davlatdan 128tasi imzoladi, deb aytgan Sputnik agentligiga Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka joʻnab ketdi
"Biz bunday boʻlishini kutmagandik, natija fantastik boʻldi", — deb taʼkidlagan Xeyli tashkilotni isloh qilish toʻgʻrisidagi forum ochilishi marosimida.

Oʻz navbatida, AQSH prezidenti va tashabbus muallifi Donald Trampning taʼkidlashicha, BMT qogʻozbozchilik va notoʻgʻri olib borilgan menejment tufayli oʻz salohiyatini toʻliq namoyon eta olmadi.

"Biz sarflayotganimizga yarasha natijani koʻrmayapmiz… Bizga butun dunyo boʻylab insonlar ishonchini tiklaydigan BMT kerak. BMT oʻtmishdagi ishlamaydigan usullar asiri boʻlmasligi lozim", — deb qoʻshimcha qilgan u.

Tayyorlangan deklaratsiya oʻnta punktdan iborat. AQSH hujjatda turli sohalarda ishlarni muvofiqlashtirishni yaxshilash uchun BMT tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritishga chaqirgan. Qoʻshma Shtatlarga koʻra, bunga eng avvalo, tashkilot xodimlari shtatini qisqartirish orqali erishish kerak.

Tramp bundan avval ham tashkilotni bir necha marotaba tanqid qilgan va BMT gʻaznasiga mablagʻlarning eng katta qismi Amerika byudjetidan kelib tushishini qayd etgan.

Rossiya pullari - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
BMT: 2017 yilda MDH iqtisodiyotida oʻsish kutilmoqda
Trampning soʻzlariga koʻra, Vashington tomonidan BMT dasturlari uchun tashkilotning boshqa aʼzolariga nisbatan bir necha marotaba koʻp — yiliga oʻn milliardga yaqin — mablagʻning sarflanishi adolatsizlikdir.

Rossiya taklif etilgan islohotga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Moskva ushbu hujjatni imzolamasligi mumkin, degan fikrni bildirib oʻtdi. "BMT islohotini birgina deklaratsiya bilan amalga oshirish yoki bu yoʻl bilan BMTni oʻzgartirishning iloji yoʻq", — deb taʼkidladi u.

Nebenzyaga koʻra, tashkilotni hukumatlararo jarayon orqali isloh qilish lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala