Jamiyat

Toshkentda qarovsiz jonivorlarni ovlash vaqtincha toʻxtatildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishBezdomnыe sobaki na ulitsax goroda
Bezdomnыe sobaki na ulitsax goroda - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxtda jonivorlarni himoya qilish jamiyati, Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari va mansabdor shaxslar ishtirokida uchrashuv oʻtkaziladi

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Poytaxt hokimiyati bir necha kun ilgari eʼlon qilingan Toshkentdagi qarovsiz jonivorlarni yoppasiga ovlashni jonivorlarni himoya qilish jamiyati murojaatidan soʻng vaqtincha toʻxtatdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Sobaka v volyere punkta kratkovremennogo soderjaniya bezdomnыx jivotnыx - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hayvonlarni aybi nima? - Mehr va Oqibat Toshkent hukumatini insoniylikka chorlamoqda

Bu borada Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Abrorov qaror chiqardi. Jonivorlarni himoya qiluvchilar bilan aynan u uchrashdi va vaziyatga oydinlik kiritishga vaʼda berdi.

Jonivorlarni himoya qilish jamiyatining maʼlumot berishicha, hayvonlarni tutish xizmati hokimiyatda ushbu mavzuda zoohimoyachilar guruhi bilan uchrashuv oʻtkazilmaguncha ishga kirishmaydi. Jamiyatning Facebookdagi sahifasida yozilishicha, uchrashuv 28 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unda shuningdek, veterinariya xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, fuqarolar yigʻinlari vakillari, ekologlar ishtirok etadi.

"Koʻchadagi jonivorlarni yoppasiga qirish shaharda kemiruvchilar, sichqon va kalamushlar koʻpayishiga olib keladi. Buning oqibati nima boʻlishini aytmasam ham tushunib turibsiz", — dedi mahalliy zoohimoyachilardan biri Sputnik muxbiriga.

Sobaka porodы Border-kolli - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
It - vafo, Inson - jafomi?

Eslatib oʻtamiz, 22 sentyabr kuni Toshkent shahar hokimi poytaxtda qarovsiz jonivorlarni tutish otryadlari faoliyatini kuchaytirish haqida qaror chiqargandi.

Bunga qarovsiz hayvonlarning odamlarga hujum qilish holatlari koʻpayib ketganligi sabab boʻlgan. Ushbu xabardan soʻng jonivorlarni himoya qilish jamiyati oʻz bezovtaligini bildira boshladi. Ularning fikricha, bu muammoni boshqacha, insoniy yoʻl bilan hal etish lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader