Jamiyat

Nyu-Yorkdagi oʻzbeklar: Biz terrorizmning har qanday koʻrinishini keskin qoralaymiz

© Facebook / Chris Landry via REUTERSMesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke
Mesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Nyu-Yorkda 31 oktyabr kuni Manxetten hududida sodir etilgan vahshiyona terrorchilik xuruji qurbonlari xotirasiga tadbir tashkil etildi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Nyu-Yorkning Bruklin hududi prezidenti Erik Adamsning tashabbusi bilan Foley Squareda xotira tadbiri tashkil etildi. Unda 31 oktyabr kuni Nyu-York shahrining Manxetten hududida sodir etilgan vahshiyona terrorchilik xurujiga munosabat bildirildi.

Gruzovik, kotorыm upravlyal Seyfullo Saipov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bir ahmoq qilmishini butun millat bilan bogʻlash notoʻgʻri - AQSH diplomatlari

Tadbirda Nyu-Yorkning koʻpgina diniy konfessiyalar, ijtimoiy-siyosiy nodavlat tashkilotlari, shahar meriyasi, siyosatchilar, politsiya va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida boʻlib oʻtgan brifingda Amerikadagi turkistonlik oʻzbeklarning "Turkiston-Amerika" Assotsiatsiyasi prezidenti Abdulloh Xoʻja Manxettenda Sayfulla Soipov tomonidan sodir etilgan gʻayriinsoniy, vahshiyona terrorchilik xurujini keskin qoraladi. Jumladan, u "…biz har qanday shakl va koʻrinishdagi ekstremizm va terrorizmni keskin qoralaymiz", —deb taʼkidladi.

Brifing soʻngida Abdulloh Xoʻja Amerikada yashovchi oʻzbek oilalari nomidan begunoh qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur taʼziya bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda sogʻayib ketishlariga tilak bildirdi.

Tadbirning ikkinchi qismida ommaviy axborot vositalari vakillari tadbir ishtirokchilariga koʻplab savollar bilan murojaat qildilar. Aksariyat savollar oʻzbek diasporasining rahbari Abdulloh Xoʻjaga qaratilgan edi.

Nyu-Yorkda 31 oktyabr kuni Manxetten hududida sodir etilgan terrorchilik xuruji qurbonlari xotirasiga tadbir tashkil etildi
V Nyu-Yorke proshla tseremoniya po pamyati jertv terakta 31 oktyabrya - Sputnik Oʻzbekiston
Nyu-Yorkda 31 oktyabr kuni Manxetten hududida sodir etilgan terrorchilik xuruji qurbonlari xotirasiga tadbir tashkil etildi

Abdulloh Xoʻja jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, oʻzbek xalqining qadim tarixi va boy madaniyati, oʻzbek hududidan chiqib, jahon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshgan Imom Al Buxoriy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Al Fargʻoniy, Al Beruniy, Alisher Navoiy singari daholar toʻgʻrisida faxr bilan soʻzladi.

"Asrlar osha davom etib kelayotgan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar asosida yashaydigan har bir oʻzbek oilasida taʼlim-tarbiyaga katta eʼtibor berish anʼanaga aylangan", dedi u.

Politseyskiye na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Islom davlati" Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi

Abdulloh Xoʻja terrorizmga qarshi kurashda AQSH hududida in qurib olgan turli xil terroristik oqimlar, kuchlar va tashkilotlar bilan jiddiy shugʻullanish vaqti kelganini aytib oʻtdi.

Undan tashqari, oʻzbekistonlik kuchli bilimli imomlar, ulamolarni AQShga yuborib, omma orasida ular bilan asl islomiy taʼlimotlar borasida turli ochiq muloqotlar, tadbirlar oʻtkazish lozimligini, Vatandan Islom dinini targʻib qiluvchi yangi kitoblarni koʻproq olib kelib, ularni toʻgʻri targʻibot-tashviqot qilish, tarqatish haqida soʻz yuritdi.

"Shundagina biz vatandoshlarimizni bu yerdagi boshqa salbiy oqim va terroristik guruhlarga aʼzo boʻlishdan asrab qolgan boʻlamiz", deya taʼkidladi Abdulloh Xoʻja.

U bu voqea bugungi kunda Amerikada tashkil etilgan oʻnlab oʻzbek tashkilotlarining olib borayotgan barcha saʼy-harakatlarini birlashtirish zaruratini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.

Shuningdek, Abdulloh Xoʻja Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan oqilona ichki va tashqi siyosatini maʼqullab, qoʻllab-quvvatlashini alohida taʼkidladi.

"Biz Amerika Qoʻshma Shtatlari xalqi bilan doimo birgamiz va har tomonlama birdam, hamjihat ekanligimizni yana bir bor izhor etamiz, — deya soʻzini yakunladi u.

Mavlon SHUKURZODA, Nyu-York, AQSH.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala