Jamiyat

Oʻzbekistonda pensiyalarni qayta hisoblash tartibi tasdiqlandi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2017 yil 1 dekabrgacha tayinlangan pensiyalar 1,15 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Moliya vazirligi tomonidan 12 yanvar kuni Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Jamiyat
Ishlayotgan nafaqaxoʻrlarga pensiya toʻlash tartibi oʻzgardi

Ushbu nizom prezidentning 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5245-son "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqildi.

Nizom Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.

Qabul qilingan Nizomga ilovada 1.01.1973 yildan boshlab hozirgi vaqtga qadar davrda amal qilgan eng kam ish haqi miqdorlari aks ettirilgan. Bu maʼlumotlar 2017 yil 1 dekabrdan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladi.

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini qayta hisoblash tartibi alohida Nizom (08.09.2011 yildagi 252-son VMQga 2-ilova) bilan belgilanadi.

fonendoskop - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishlayotgan shifokor-pensionerlar pensiyani toʻliq miqdorda oladi

2017 yil 1 dekabrgacha tayinlangan pensiyalar 1,15 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 dekabrdan boshlab yangi eng kam: ish haqi — oyiga 172 240 soʻm; yoshga doir pensiyalar — oyiga 336 880 soʻm; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 336 880 soʻm; zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 soʻm miqdorida belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0