Siyosat

Mirziyoyev 2018 yil uchun Davlat dasturini tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilgi Davlat dasturini tasdiqladi. Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgach, taklif etilgan qator normalarni zudlik bilan hayotga tatbiq etish qarori qabul qilingan

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti "2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Farmonga imzo chekdi.

Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyildi
Davlat dasturi loyihasi 10-20-yanvar kunlari aholi oʻrtasida keng va atroflicha muhokama qilindi va bu jarayon davomida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi, ulardan Davlat dasturini takomillashtirishda foydalanildi.

Fuqarolardan kelib tushgan takliflarning aksariyatida koʻrsatilgan dolzarb muammolarni hal qilishga oid alohida huquqiy normalar bevosita Farmonning oʻzida koʻrsatilgan boʻlib, ularning ijrosini darhol taʼminlash shart ekani belgilandi.

Farmon bilan tadbirkorlik subektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish boʻyicha ikki yil muddatga moratoriy eʼlon qilindi. Endilikda, Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab tadbirkorlik subʼyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga vaqt va resurs sarflamasdan oʻz faoliyatini xotirjam amalga oshirishlari mumkin.

Yana bir muhim yangilik — vaqtincha yoki doimiy propiskasi boʻlmagan yoxud turar joyi boʻyicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid taqiq bekor qilinadi. Ushbu norma fuqarolarga Oʻzbekistonning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish imkonini beradi. Istiqbolli kadrlar qayerda doimiy yoki vaqtincha propiska qilingani, turar joyi boʻyicha hisobda turganidan qatʼi nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladilar.

Oʻz navbatida, ish beruvchilar vaqtincha yoki doimiy propiskasi boʻlmagan yoxud turar joyi boʻyicha hisobdan oʻtmagan fuqarolarni ishga olganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

Klyuchi ot novoy kvartirы - Sputnik Oʻzbekiston
Propiskasiz Toshkentdan uy sotib olish mumkin boʻladi
Davlat dasturi 5 boʻlimdan iborat. Davlat dasturi doirasida 37 ta qonun (Saylov kodeksi, "Davlat xizmati toʻgʻrisida", "Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida", "Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida", "Fan toʻgʻrisida", "Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida"gi va boshqalar)ni ishlab chiqish, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Davlat dasturining birinchi boʻlimi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan.

Shubhasiz, "Davlat xizmati toʻgʻrisida"gi qonunning qabul qilinishi bu boradagi muhim qadam boʻladi. Ushbu hujjat, avvalo, davlat idoralarida xizmatni haqiqatdan nufuzli faoliyatga aylantiradi, davlat xizmatchilarining mehnat haqi va ijtimoiy himoyasi uchun munosib tizim shakllantiradi, yuklatilgan vazifalarning sifatli ijrosi uchun davlat xizmatchilarining javobgarligini oshiradi.

Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini har kuni isbotlashi shart.

Davlat funktsiyalari va vakolatlarining amaldagi markazlashgan tizimiga barham beriladi

Birinchidan, hukumatning alohida funktsiyalari, ayniqsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vazifalari vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻtkaziladi. Ikkinchidan, tegishli hududda davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini taʼminlash uchun masʼul mansabdor shaxslar sifatida barcha darajadagi hokimlarning vakolatlari kengaytiriladi va mavqei mustahkamlanadi.

Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga boʻlgan huquqini roʻyobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish — petitsiya yoʻllash tizimi joriy qilinadi. Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlariga aniq savollar qoʻyish imkonini beradi, ushbu organlar esa fuqarolarning maʼlum soni tomonidan maʼqullangan murojaatlar yuzasidan chora koʻrishi shart boʻladi.

Mazkur mexanizm tufayli faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar yechimi boʻyicha tashabbus koʻrsatishlari mumkin. Shu orqali "Mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi", degan tamoyil amalda roʻyobga chiqariladi.

Qonun ustuvorligi taʼminlanadi

2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha kontseptsiyani ishlab chiqish, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddatlarini qayta koʻrib chiqish rejalashtirilgan. Jinoiy va maʼmuriy javobgarlikni liberallashtirish, protsessual normalarni takomillashtirish koʻzda tutilgan.

Jizn v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
2018 yilda Oʻzbekistonni nimalar kutmoqda?
Dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish uchun tintuv va telefon soʻzlashuvlarini eshitishga sanktsiya berish vakolati sudga oʻtkaziladi.

Inson huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida tergov izolyatorlari va jazoni ijro etish muassasalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.

Ichki ishlar organlari yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlarini ular fuqarolar bilan muomala qilayotganda foydalaniladigan video-fiksatorlar bilan taʼminlash koʻzda tutilgan boʻlib, bu nafaqat fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi, balki tinchligimiz posbonlari tomonidan oʻz vazifasini suiisteʼmol qilishi holatlarining ham oldini olishga xizmat qiladi.

Davlat dasturida propiska va pasport tizimini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar ham koʻzda tutilgan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi boʻlmagan fuqarolar ikkilamchi bozorda koʻchmas mulk xarid qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Iqtisodiyot va  tadbirkorlik

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida ilgʻor gʻoyalar, "smart" texnologiyalar va nou-xaularga asoslangan innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich oʻtish koʻzda tutilmoqda.

Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xitoylik iqtisodchi Oʻzbekiston hukumatida maslahatchi boʻlishi mumkin
Venchur fondlar, venchur moliyalashtirishni tashkil etish va rivojlantirish uchun huquqiy asoslar, shuningdek, iqtisodiyotga innovatsiyalar va yangi texnologiyalar joriy etishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar ishlab chiqiladi.

2023-yilning 1-yanvariga qadar venchur fondlar, yuqori texnologik startap-loyihalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsiya markazlari va loyiha-konstruktorlik byurolariga oʻzlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotish (foydalanish uchun taqdim etish)dan tushgan daromadlari boʻyicha soliq imtiyozlari taqdim etiladi.

Yer uchastkalari berishda shaffoflik va qonuniylikni taʼminlash maqsadida internet tarmogʻida elektron savdolar oʻtkazishni joriy qilish rejalashtirilgan. Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali sotish tizimini yaratish koʻzda tutilmoqda.

Banklar va bank faoliyatiga doir qonunchilik tubdan qayta koʻrib chiqilib, sohada "raqamli banking", "internet-banking" va boshqa zamonaviy texnologiyalar tatbiq etiladi.

Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliq va bojxona maʼmurchiligini soddalashtirish boʻyicha ishlar davom ettiriladi.

Mechet Bibi-Xanыm v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Aziz Abduhakimov: Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega
Turizm sohasini rivojlantirish, kirish turizmi va ichki turizmni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, sayyohlar uchun maʼmuriy va viza bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Ijtimoiy soha

Aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan daromadlarni aniqlash boʻyicha "isteʼmol savatchasi"ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish nazarda tutilgan. Hududlar kesimida "isteʼmol savatchasi"ni hisobga olgan holda ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar miqdorini belgilash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish moʻljallanmoqda.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda pensiyalarni qayta hisoblash tartibi tasdiqlandi
Tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha ishlar izchil davom ettiriladi. Sogʻliqni saqlash sohasiga "aqlli tibbiyot" tizimi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish koʻzda tutilmoqda.

Aholini arzon narxlardagi sifatli dori vositalari bilan taʼminlaydigan 2 mingta ijtimoiy dorixona tashkil etish rejalashtirilgan.

Aholi, ayniqsa, yosh oilalarning arzon uy-joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida 2018-yilda bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobar oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 5 trillion 286 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish uchun chekka hududlarda 2000 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortish, internet tezligini 2,5 barobar oshirish va 4 mingdan ziyod mobil aloqa tayanch stantsiyalarini ishga tushirish koʻzda tutilmoqda.

Xavfsizlik masalalari va tashqi siyosat

Xorijda yashayotgan va ishlayotgan yurtdoshlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha davlat siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.

Niyazxodjayev Saidikram Parxatovich, zamestitel Ministra inostrannыx del - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Niyazxodjayev: chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash borasida davlat kontseptsiyasi yaratilmoqda
Ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bunday fuqarolarni sogʻlom muhitga qaytarish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Diniy maʼrifat tizimi qayta koʻrib chiqilib, bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va taʼsirchanligi kuchaytiriladi.

Muxtasar aytganda, Davlat dasturida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga 13,5 trillion soʻm va 1,3 milliard AQSH dollari yoʻnaltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala