Analitika

Babanazarova "Chelak koʻtargan xotin" kartinasi Moskvaga olib ketilishiga qarshi

Savitskiy muzeyining sobiq direktori Marinika Babanazarova "Chelak koʻtargan xotin" kartinasiga yetkazilgan zarar miqdori haqida gapirdi va ushbu sanʼat asari nega chet elga olib chiqilishini istamasligini tushuntirdi

TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Aleksandr Shevchenkoning "Chelak koʻtargan xotin" kartinasi jiddiy zarar koʻrgan, u butkul koʻchib tushmoqda, dedi jurnalistlarga dushanba kuni boʻlib oʻtgan norasmiy uchrashuv chogʻida Savitskiy muzeyining sobiq rahbari Marinika Babanazarova deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sanʼatshunos fikriga koʻra, noyob sanʼat asari 50% zararlangan.

© Karakalpakskiy gosudarstvennыy muzey iskusstv im. I. V. SavitskogoKartina "Baba s vedrami" xudojnika Aleksandra Shevchenko
Babanazarova Chelak koʻtargan xotin kartinasi Moskvaga olib ketilishiga qarshi - Sputnik Oʻzbekiston
Kartina "Baba s vedrami" xudojnika Aleksandra Shevchenko

Ilgariroq yongʻinga qarshi xavfsizlik tizimining notoʻgʻri ishlab ketishi oqibatida, muzeyning eng mashhur asarlaridan biri – Aleksandr Shevchenkoning "Chelak koʻtargan xotin" kartinasi jiddiy shikastlangani haqida xabar bergan edik.

Gap shundaki, avvaliga asar 60% zararlangani haqida xabar tarqalgan, keyinchalik Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi rasmiylari ushbu xabarlarni keskin inkor etib, yetkazilgan zarar miqdori 30-35%ni tashkil etgani haqida rasmiy bayonot bilan chiqishgan edi.

Kamola Akilova, zamestitel ministra kulturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Savitskiy muzeyidagi rasm 60 % emas 30-35 %ga zarar koʻrgan – Akilova

"Men oʻzim boshida shikastlanish darajasi 60-65%ni tashkil etishini aytgandim. Ammo bu dastlabki taassurot boʻlgan. Birdaniga baho berish qiyin, ayniqsa siz shok holatida boʻlsangiz. U (asar) butkul toʻkilmoqda (ayolning gavdasiga ishora qiladi). Asarning bir nechta joylarida boʻyoq qatlami toʻkilib tushgan. Oq dogʻlar paydo boʻlgan, yaʼni grunt koʻrinib qolgan. Butun boʻyoqni yuvib ketgan", - deb oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashadi Marinika Babanazarova.

Sobiq direktorning soʻzlariga koʻra, roʻy bergan noxush hodisadan soʻng, garchi muzeyga kirish unga taʼqiqlangan boʻlsa-da, Babanazarovani lutfan Savitskiy muzeyiga taklif qilishgan.

"Bizga avvaliga ushbu hodisani avariya deb tushuntirishdi, ammo shu bilan birga kimdir ehtiyotkorona bu birinchi holat emasligini aytdi. Muzeyda sal oldinroq ham hujjatlarni suv bosgan ekan. Eng qizigʻi, bu haqda hech kim hech qanday maʼlumotga ega boʻlmaganida. Men tegishli koʻrsatmalarga amal qilib ishlagan muzey rahbari sifatida, bunday vaqtlarda rahbariyatga xabar berish kerakligini bilaman", - deya hikoyasini davom ettiradi Babanazarova.

Sergey Zagrayevskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Xolstga moyboʻyoq bilan chizilgan rasmning suvdan zarar koʻrishi amri mahol - ekspert

Shunda sobiq muzey direktori Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosariga qoʻngʻiroq qilib, muzeyda baxtsiz hodisa yuz berganligi haqida xabar qilishga majbur boʻladi. Shu tariqa, faqat oradan toʻrt kun oʻtgach madaniyat vazirligi yuz bergan noxushlikdan xabar topishadi.

Sanʼatshunos ushbu avariya tafsilotlari unga juda gʻalati tuyulayotganini taʼkidladi.

Sobiq muzey direktorining aytishicha, oʻz vaqtida u loyihachilar bilan muzeyda yongʻinni gaz bilan oʻchiradigan uskuna oʻrnatilishi haqida muhokama qilgan ekan.

"Nima boʻldi, nega gaz bilan oʻchirish tizimini suv bilan oʻchirish tizimiga almashtirishdi, menga qorongʻu. Lekin bu yerda mutaxassis boʻlmagan odamlar ham bilishadiki, agar tizim gazga moʻljallangan boʻlsa-da, uni tonna-tonna suvga toʻldirishsa, bu kelgusida muammolar keltirishi shubhasiz", - deb taʼkidlaydi ayol.

Bundan tashqari, ushbu tizim ilk sinov jarayonidan oʻtolmagan, chakka oʻtayotgani aniqlangan. Buni bilgan holda muzey maʼmuriyati va davlat komissiyasi ushbu obʼyektni tasdiqdan oʻtkazgan.

"Asar zararlangan. Madaniyat bilan shugʻullanadiganlar tushunishadi, xolst namlangan, endi u qurishni boshlaydi va boʻyoq qatlamlarini tortib boradi, shunda yoriqlar paydo boʻladi. Haqiqatdan ham yoriqlar paydo boʻlishni boshladi. Hatto ular murojaat qilgan moskvalik restovratorlar ham muammoning jiddiyligini tasdiqlashmoqda", - deb qoʻshimcha qiladi Babanazarova.

Nukus durdonalari koʻrgazmasi ochilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
"Oʻrta Osiyo Tretyakovi" - Savitskiy kollektsiyasi Moskvada

Ayni vaqtda kartinani Moskvaga yuborish masalasi turibdi. Ammo sobiq direktor bunga qarshi.

"Bunday qilishning keragi yoʻq, nega deganda barchasi muzey maʼmuriyati nazorati ostida boʻlishi kerak. Oʻz vaqtida men ham qanchadan-qancha komissiyalarni boshdan oʻtkazganman, ishonchsizlik bilan qarashlar, tekshir-tekshir... Muzey qoʻriqchisi ishida kamchiliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Kamiga bizdagi yosh restavratorlarimizning tajribasini oshirmoq lozim. Maqtanish emas, garchi bugunga kelib, eng yaxshi mutaxassislar ishdan boʻshatib yuborilgan boʻlsa-da, oʻz vaqtida Savitskiy muzeyining restavratsiya boʻlimi juda yuqori tahsinlarga sazovor boʻlgan. Oylab malaka oshirishlarda qatnashganmiz, restavratorlarning oʻzlari bizning muzeyga kelib bizning mutaxassislar bilan Oʻzbekistonning oʻzida ish olib borishardi". - deya oʻz fikrini bildiradi sanʼatshunos.

Babanazarovaning soʻzlariga koʻra, hozirda shu narsa maʼlumki, quruvchilar aybni oʻz boʻyniga olishgan va restavratsiyaga sponsorlik qilish qarorini qabul qilganlar.

Hozircha esa zarar foizi xarakteristikasi haqida gapirishga erta, chunki koʻchib tushish davom etadi. Xolst kirishib ketadi va pigment undan ajralishni boshlaydi.

Sanʼat muzeyi zali - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻgʻirlangan sanʼat asarlari Oʻzbekistonga qaytarildi

"Restavratorlar bu savolga toʻliqroq javob berishlari mumkin, lekin men tajribamdan bilamanki, bu kabi zararlanishlar kartina uchun "oʻlim" emas, polotnoni tiklasa boʻladi, ammo bunga yillar ketishi mumkin", - deb xulosa qiladi mutaxassis.

Aleksandr Shevchenkoning "Chelak koʻtargan xotin" kartinasi - XX asr boshlari avangardi namunasidir. Kartinaning taxminiy bahosi bir yarim million dollarni tashkil etishi mumkin. Rossiyalik mutaxassislar asarni tiklashda yordam berishga va hatto kartinani Moskvaga olib kelishga tayyorligini bildirishgan. Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi vaziyatni oʻz nazoratiga olgan va kerakli barcha, shu jumladan, moliyaviy yordamni koʻrsatib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader