TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Qozogʻistonlik kaskadyor Kasim Jumagujin Xellouin bayrami munosabati bilan uyushtirilgan kechki bazmda amalga oshirilgan tryukdan keyin vafot etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston.
Hodisa shanba kuni yuz bergan. Jumagujin hamkasblari bilan Olma-Otadagi tungi klublarning birida tashkillashtirilgan shou-dasturda ishtirok etayotgan boʻlgan.
"Kaskadyor arqonda osilib turgan mumiya rolini ijro etishi kerak edi, uning egnida aynan shu turdagi tryuklarni amalga oshirish uchun moʻljallangan maxsus jilet boʻlgan", - deb soʻzlab bergan nashrga Nomad Stunts professional kaskaderlar guruhining kommunikatsiyalar boʻyicha menejeri Yevgeniya Li.
"Kasim shu jiletga bogʻlangan va osilgan edi. Tomoshabinlar koʻrgan - butafor sirtmogʻi libosning bir qismi boʻlib, u qattiq tortilmagan edi", - deb tushuntirgan ayol.
Lining soʻzlariga koʻra, uskuna dastlab sinovdan oʻtkazilgan, tryuk bajarilishi vaqtida kaskaderyoning holati uning sherigi tomonidan nazorat qilingan. Jumagujin bir necha marotaba unga "hammasi joyida"ligi haqida signal bergan.
Oradan 15 daqiqa oʻtgach, 34 yashar kaskadyorni pastga tushirishgan, u hali hushida boʻlgan, lekin oʻzini yomon his qilgan. Uni xonadan chiqarishib, tez yordamni chaqirishgan.
"Hodisa joyiga yetib kelgan mediklar avval jonlantirish tadbirlarini amalga oshirganlar, lekin keyin oʻlim tashxisini qoʻyganlar. Bugun Kasimning yaqinlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini olishgan, unda hamkasbimiz oʻta oʻtkir kechgan miokard infarkti tufayli vafot etgani aytilgan", degan Li.
Jumagujin 25ta film sʼyomkalarida ishtirok etgan, shu jumladan Silvestr Stallonening "Neuderjimыe-2" kartinasi lentalarida va Kianu Rivz bilan "47 roninlar" kartinasida.