Iqtisod

Oʻzbekistonda AES qurilish ishlari 2020 yilda boshlanishi mumkin

Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan
Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirgi vaqtda 5 ta maydon – Jizzax va Navoiy viloyati chegaradagi hududlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda birinchi atom  elektrostantsiyasi qurilish ishlari 2020 yilda boshlanishi mumkin. Bu haqda “Oʻzatom” agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamaxmudov maʼlum qildi.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistondagi birinchi atom elektr stantsiyasi surati

Sentyabr boshida Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov respublika hududida AES qurilishi boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolashdi.

“Rosatom” VVER-1200 reaktorli qurilma “3+” avlodiga tegishli ikkita energoblokdan iborat boʻlgan majmua barpo qilishni rejalashtirilmoqda.  Bitim oktyabr oyida kuchga kirdi.

“2020 yilda birinchi beton quyishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Mirzamaxmudov “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyuda.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda 5 ta maydon – Jizzax va Navoiy viloyati chegaradagi hududlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzatom” rahbari har bir maydonda meteostantsiyalar oʻrnatiladi. Geologik tadqiqotlar oʻtkazilib, turpoqning zichligi, yer osti suvlari darajasi tekshirib chiqiladi.

“Bir maydon tanlangandan soʻng, jamoat fikri oʻrganish maqsadida fuqarolar, jamoatchilik, MAGATE fikri oʻrganiladi. Shundan soʻng, AES qurilishi va eksluatatsiya boʻyicha maydonga litsenziya olish uchun xulosa tayyorlanadi”, - deb qoʻshimcha qildi Mirzamaxmudov.

Atomnaya elektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Hindistonda yangi atom elektr stantsiyasini qurishni rejalashtirmoqda

Loyihaning qiymati 11 milliard dollar atrofida, birinchi energoblok 2028 yilda ishga tushirilishi kerak, degan edi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida, respublikada birinchi AES qurilishida eng yuqori xavfsizlik standartlari va qatʼiy ekologik talablarga rioya qilinishini maʼlum qilgandi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr boshida AES qurilishi inqilobiy qaror ekanligi va uni amalga oshirish uchun 8-10 yil muddat zarurligini taʼkidlab oʻtgandi.  Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, AES bugungi kunda ishlab chiqaruvchi quvvatlarining 20 %ni ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala