Analitika

Qirgʻizistondagi Oʻzbekiston elchisi: uy bekasi bilan suhbatim diplomatlarni lol qoldirgan

© Sputnik / /Tabыldы KadыrbekovPosol Uzbekistana v Kыrgыzstane Komil Rashidov
Posol Uzbekistana v Kыrgыzstane Komil Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi Komil Rashidovning Boom gʻoriga safari juda unutilmas boʻlgan. Rashidov u yerda diplomatlar uchun kechki ovqatni tayyorlayotgan uy bekasi bilan tanishib qolgan. U ayol bilan suhbatga berilib ketgan va kutilmaganda ikkalasining suhbati atrofdagilarni hayratda qoldirganini payqagan…

Qirgʻizistondagi olti yillik faoliyati davomida Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Komil Rashidov ushbu unchalik katta boʻlmagan togʻli mamlakat hayoti haqida koʻp narsalarni bilib oldi. Elchi Sputnik Qirgʻizistonga bergan intervyusi davomida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning nozik jihatlari, Qirgʻizistonda xaridlarni amalga oshirish borasida nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi hamda oʻz vatanida qanday qirgʻiz mollarining bozori chaqqonligi borasida soʻzladi.

Flagi Kыrgыzstana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qirgʻiziston Oʻzbekistonga Rossiya bozorini hamkorlikda zabt etishni taklif qilmoqda

— Oʻzbekistonda Qirgʻizistonning qaysi tovarlarini yaxshi xarid qilishadi? Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi savdo munosabatlari istiqbollari haqida bilishni istardik?

— Soʻnggi ikki yilda respublikalarimiz oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga chiqdi. Oʻzingiz baho bering: bu vaqt mobaynida savdo aylanmasi ikki barobar oshdi va 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida 360 milliondan ortiqni tashkil etdi. Shu bilan birga prezidentlarimiz bu raqamlarni yarim milliardgacha oshirish topshirigʻini qoʻygan va bu uchun salohiyat yetarli.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Qirgʻiziston tovarlariga talab yuqori. Misol uchun hozirda bizda qurilish ishlari avj olgan, va oʻzbek tsement zavodlari quvvati yetishmayapti. Shu bois quruvchilarimiz katta miqdorlarda tsementni Qirgʻizistondan olib kirishmoqda.

Meshki s kartofelem. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qirgʻiziston Oʻzbekistonga kartoshka sotish imkoniyatini qidirmoqda

Shuningdek, oʻzbekistonliklar hozirda Qirgʻiziston elektr quvvatidan foydalanishmoqda. Aksariyat energetika korxonalarimiz hozirda rekonstruktsiyada boʻlgani uchun mamlakatda elektr quvvati yetishmayapti.

Oʻzaro almashishimiz mumkin boʻlgan tovarlar ham koʻp. Misol uchun, Oʻzbekiston bu yerga oʻzi ishlab chiqaradigan avtomobillarni, paxta va bugʻdoy urugʻini, santexnikani, matolarni, kiyim-kechaklarni va boshqa koʻplab mollarni yetkazib berishi mumkin.

Ikkala mamlakat uchun qoʻshma korxonalarni tashkil qilish va hamkorlikda boshqa davlatlar bozorlariga chiqish foydalidir. Ana shunday ikkita ishlab chiqarish allaqachon tashkil etilgan: ulardan biri Oʻsh viloyatida joylashgan.

U yerda metall-platik romlar va eshiklar ishlab chiqariladigan zavod ishga tushirilgan. Shuningdek, yarimavtomat kir yuvish mashinalarini ishlab chiыarish zavodi ishga tushirildi. Bularning barchasi yuqori texnologik ishlab chiqarishlar boʻlib, ular nemis texnologiyalari asosida ishlaydi.

— Qirgʻizistonliklar mana bir yildirki, mahalliy bozorda oʻzbek avtopromi paydo boʻlishini kutishmoqda, ammo bu roʻy bermadi.

— Hozirda iqtisodiy idoralarimiz va UzAutoSanoat kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida chuqur muzokaralar olib borilmoqda. Hozirda Qirgʻiziston hududida yirik hajmda avtomobil yigʻish iqtisodiy jihatdan qay darajada oʻzini oqlashini hisoblab chiqmoqdamiz.

Bundan tashqari, korxonaning oʻzida ham muammolar mavjud edi. Lekin hozir vaziyat yaxshilanmoqda, muhim yangiliklar paydo boʻldi. Misol uchun, ilgarilari mashina xarid qiladiganlar oʻrtasida navbat qoidalariga amal qilinmayotgani haqida koʻp shikoyat tushar edi. Endi esa bu soha shaffof boʻlgan, elektron navbat joriy qilingan. Shuningdek biz Oʻzbekistondagi mashinalar assortimentini koʻpaytirish uchun Xitoy, Koreya va Frantsiyadan avtomobil kontsernlarini jalb qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Qirgʻizistonga keladigan boʻlsak, hamkorlikda qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish boʻyicha ham loyihamiz bor. Bu bizlarning fermerlarimiz uchun katta koʻmak boʻladi va biz uchminchi davlatlarga meva-sabzavorlar yetkazib berish hajmini oshirishimiz mumkin.

Linii elektroperedach, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qirgʻiziston Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazishni davom ettirmoqda

— Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Ravon avtomobillari Qirgʻizistonda ommabop. Ammo kuzda "Jeneral Motors Oʻzbekiston" kompaniyasi avtomobillar narxi 8 %ga oshishini qayd etgan edi.

— Oʻtgan yil Oʻzbekiston oʻz valyutasini liberallashtirishga oʻtgan va bu haqiqatda narxlar koʻtarilishini keltirib chiqarishi mumkin edi. Ammo avtomobil xarid qilishni xohlovchilar uchun turli chegirmalar va aktsiyalar mavjud. Shuningdek, mashinani kreditga olish mumkin. Oʻzim ham yaqinda Ravon oldim: yarmini shu zahoti toʻladim, qolgan toʻlovni keyin amalga oshiraman.

— Oʻzbekiston fuqarolari oxirgi vaqtlarda tez-tez Qirgʻizistonga ishlashga kelishmoqda. Ular mehnat bozorida yaxshigina raqobatni yuzaga keltirishdi ham. Aytingchi, Qirgʻizistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun oʻzbekistonliklar nimalardan xabardor boʻlishlari kerak?

— Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida abadiy doʻstlik haqida shartnoma imzolangan, bu hujjatda davlatlar fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratishga majburligi borasida aytilgan. Birinchi navbatda oʻz hamyurtdarimni Qirgʻiziston qonunlarini, shuningdek, urf-odatlari va madaniyatini hurmat qilishga chaqirgan boʻlar edim.

2006 yildan davlatlar oʻrtasida vizasiz tartib joriy etilgan, ammo besh ish kuni davomida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish lozim. Bu normaga amal qilmaslik 10 ming som (taxminan 145 dollar) miqdorida jarima toʻlashga olib keladi.

Shuningdek, ish beruvchi sizni qonuniy asosda ishga qabul qilayotganiga ishonch hosil qilish kerak. Men bunday vaziyatlarda zudlik bilan chora koʻra oladigan idoralar, chet el fuqarolarini ish bilan taʼminlash masalalarini tartibga solish bilan shugʻullanadigan muassasalarni hamda Qirgʻiziston huquq-tartibot organi xodimlarini hamkorlikka chaqirgan boʻlardim.

Tseremoniya otkrыtiya pamyatnika pisatelyu Chingizu Aytmatovu - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekiston elchisi Chingiz Aytmatov asaridan parcha oʻqib berdi

Mening bilishimcha, bu yerga sayyoh sifatida keladigan ham oʻzbekistonliklar soni ortgan. Birgina joriy yilda Issiq-Koʻlda 300 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari hordiq chiqarishgan.

— Siyosat mavzusidan chetlasha olmaymiz. Oʻzbekiston kelajakda ODKBga qaytishi rejalashtirilganmi?

— Oʻzbekistonning tashqi-siyosiy faoliyati kontseptsiyasida Oʻzbekiston harbiy-siyosiy bloklarga, shu jumladan, ODKBga qoʻshilmasligi haqida aytilgan. Shuningdek, bizning harbiy xizmatchilarimiz Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi tinchlik oʻrnatish operatsiyalarida ham ishtirok etmaydilar. Biz oʻz hududimizda chet el harbiy bazalarini joylashtirmaymiz.

Shu bilan birga biz davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun ikkiyoqlama munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaymiz, xususan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshiramiz. Ilgarilari bizning qoʻshinlarimiz harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etishmas edi, ammo hozir vaziyat oʻzgargan.

 

— Siz uzoq muddat Qirgʻizistonda istiqomat qildingiz. Nima deb oʻylaysiz, qirgʻizlar oʻzbeklardan nimasi bilan farq qiladi, yaʼni ularning oʻxshash tomonlari mavjudmi?

— Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov kunlarning birida qirgʻizlar va oʻzbeklar - bitta xalq, deb aytgan. Biz urf odatlarga hurmat bilan qaraymiz, mehmondorchilik va ochiqlikni qadrlaymiz. Kimgadir yordam berish uchun oxirgi narsamizni ham berishga tayyormiz.

Axmadjon Meliboyev prinimayet pamyatnыe podarki - knigi ot rektora instituta vostokovedeniya A. Mannonova - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Ahmadjon Meliboyev: Aytmatov asarlari Oʻzbekistonda qirgʻiz tiliga munosabatni oʻzgartirdi

Sizga bir voqeani soʻzlab bersam. Kunlarning birida Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar diplomatlari bilan birgalikda ikki kunga Boom gʻoriga yoʻl oldik. Kechki ovqatni bir qirgʻiz ayoli tayyorladi. Men u bilan salomlashib, oʻz yordamimni taklif qildim. Biz birgalikda salat toʻgʻradik, dasturxon bezatdik va suhbat qurdik.

Oradan qanchadir vaqt oʻtib, atrofdagilar bizga hayron qarab turganini payqadim. Ular mendan qaysi tilda gaplashishayotganimizni soʻray boshlashdi. Men ona tilimizda dedim. Ular tushunishmadi. Shunda qirgʻizistonliklar oʻzbek tilini yaxshi tushunishlari va aksinchaligini tushuntirishga toʻgʻri keldi. Ularni bu holat hayratga soldi.

Yangiliklar lentasi
0