Analitika

Hokimiyatni birovga topshirish yoki Qozogʻiston taraqqiyot yoʻli qanday boʻladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nursulton Nazarboyevning isteʼfosi va Kasim-Jomart Tokayevning prezident lavozimiga kirishishi – bu rejalashtirilgan va koʻp oʻylangan voqea.

Ular hokimiyat tranzitining birinchi bosqichini uygʻun tarzda yakunlashmoqda. Bu haqda koʻpchilik gapirgan va yozgan. Kolumnist Aleksandr Knyazevning yozishicha, bu jarayon endigina boshlanmoqda.

Kulrang kardinal

Yangi va hozirgi Qozogʻistonda amalda boʻlgan siyosiy tizim Eron tizimini eslatadi. U yerda oliy darajadagi yetakchi huquqiy va amaliy jihatdan mamlakat rahbari hisoblanadi. Yetakchi prezident va hukumat faoliyatini tartibga solish huquqiga ega.  

Nyu-York nakanune vыborov prezidenta SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH Davlat departamenti Qozogʻiston boʻyicha bayonot eʼlon qildi

Qozogʻistonda amaldagi siyosiy tizim Den Syaopin rasmiy lavozimlardan ketgandan soʻng Xitoy tizimiga ozgina oʻxshab ketadi. Oʻsha vaqtda Xitoy yetakchisiga oʻzi tashabbus qilgan islohotlarga muvofiq mamlakat rivojlantirilishini boshqarish huquqini bergan.

Eron va Xitoy tajribasini bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda muvafaqqiyatli hisoblash mumkin. Bu oʻz navbatida Qozogʻistonda boshlangan tranzit versiyasi va mamlakat rahbariyatini yangilanishiga optimizm bilan qarashga imkonini beradi.

Qozogʻiston versiyasida hukumatning barcha organlari faoliyatini Xavfsizlik kengashi muvofiqlashtirib boradi. Kengash faoliyatini boshqarish huquqi Nursulton Nazarboyevga qonunchilik bilan umrbod muddatga berilgan.

Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Qozogʻiston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga oʻzgartirishni taklif etdi

Xavfsizlik kengashi davlat siyosati va iqtisodiyot sohasidagi masalalarda baho berish, davlatni boshqarish va zarur boʻlgan holatlarda oʻzgartirishlar kiritish borasi bosh hakam boʻlib qolmoqda.

Bundan tashqari, 2010 yildan Nazarboyev “Qozogʻiston Respublikasi birinchi prezidenti - Yelbasы” maxsus maqomiga ega boʻldi.  Ushbu qonunda muhim band mavjud: “Davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqiladigan tashabbuslar Qozogʻiston Respublikasi birinchi prezidenti – Yelbasы bilan kelishiladi”.

Nursulton Nazarboyevda xukmron boʻlgan “Nur Otan” partiyasi boshqaruvi qolmoqda. Bu partiya parlamentning ikki palatasida koʻpchilik vakillarga ega.  

Goroda mira. Astana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ekspert: Ostonaning qayta nomlanishi Qozogʻiston obroʻsini tushirib yuboradi

Bu pozitsiyalar Qozogʻistonning birinchi prezidentiga mamlakat siyosiy hayoti va butun davlat boshqaruv tizimidagi markazi boʻlib qolish imkonini beradi.

Nazarboyevning mamlakat siyosiy hayotidan ketishi umuman notoʻgʻri. Xavfsizlik kengashi raisi lavomida u strategik mazmundagi masalalar bilan ishlash, Qozogʻistonning kelgusi rivojlanishi oʻz stsenariysini mustahkamlash va mamlakat tashqarisida yuritish imkonini beradi.  

Yaqin kelajakda Tokayev rahbarligida, prezident komandasi bu stsenariyni amalga oshiradi.

Nima uchun Tokayev tanlandi

Kasim-Jomart Tokayevning nomzodi tanlanishi kutilmagan holat emas. Chunki uning vakolatlari Konstitutsiyada qayd etilgan maqomiga toʻgʻri kelgan. Bu funktsiyalarni kelgusida amalga oshirish istiqbollari haqida 2013 yilda Tokayev Qozogʻiston Senat raisi boʻlgan vaqtda gapirilgandi.

Tokayev oʻz karyerasining katta qismini Tashqi ishlar vazirligida oʻtkazdi. U hukumatga ham rahbarlik qilgan. Davlat kotibi boʻlgan, mamlakatni boshqarish uning uchun tushunarli vazifa.

Prezident RF V. Putin na sammite SHOS v Kitaye - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Qozogʻiston yangi prezidenti bilan telefonda suhbatlashdi

Tokayevni tanlovi bu konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan tashqari, siyosiy tomondan ham juda toʻgʻri.

Tokayev Nazarboyevdan keyin xorijda obroʻ-eʼtiborli qozogʻistonlik siyosatchi hisobladi. Uni Moskva, Pekin, Vashington va Bryusselda yaxshi bilishadi.

Uning ulkan diplomatik tajribasi Qozogʻiston jahon kuch markazlari va boshqa barcha tashqi sheriklari bilan mavjud muvozanat holatini saqlab turishga imkon beradi.

Qozogʻistonning siyosiy elitasi tarkibida betaraf va mustaqil pozitsiyalarni egallagan va etakchi elita guruhlarining hech biriga qoʻshilmagan Tokayev, butun Qozogʻistonning siyosiy va biznes elitasi uchun maqbuldir, bu esa mamlakatda ichki siyosiy muvozanatni saqlab qolishi va ichki siyosiy barqarorlik boʻladi degani.

Kasim-Jomart Tokayev saylangan muddat yakunigacha prezident boʻladi, uning vazifasi -  prezident saylovlarini oʻtkazish. Bu muddat 2020 yil bahorda keladi. Tokayev oʻzini koʻrsatishi uchun bir yilga yaqin vaqt bor.

Uning uchun oʻziga xos bu sinov muddati. U bu yoʻlni maksimal darajada muvafaqqiyatli oʻtishi kerak.

Aynan shu yil prezident saylovlarigacha haqiqiy tranzit boʻladi.

Ittifoqdoshlarga tashvishlanish kerakmi

Qozogʻiston strategiyalari va tashqi siyosatdagi ustuvor istiqbollari katta oʻzgarishlarga duch kelishi ehtimoli juda kam, bu borada Qozogʻistonning sheriklari va ittifoqchilari uchun shubha qilmasa ham boʻladi.

Miting LDPR na Pushkinskoy ploщadi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Jirinovskiy Qozogʻiston uchun tez orada kurash boshlanishini prognoz qilmoqda

Bu istiqbollarni Nursulton Nazarboyev 2018 yil oktyabrda Qozogʻiston xalqiga murojaatida tasdiqlagandi. Xususan, Rossiya bilan munosabatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, ODKB va SHHT formatidagi integratsiya jarayonlarida ishtiroki va mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarida ishtirokini oʻz ichiga oladi.

Bu borada jiddiy oʻzgarishlar boʻlishiga hech qanday asoslar yoʻq.

Prezidentlikdan ketish va hukumatni tranzit modeli Qozogʻiston rahbariyati va mamlakat siyosiy elitasi barqarorlikni saqlab qolish va evolyutsion yoʻlni tashlashga asosiy aktsent qilingan.

Bu mamlakat oʻzi uchun muhim hamda tashqi siyosiy hamkorlar, amaldagi va istiqboldagi investorlar, shuningdek qoʻshni mamlakatlar uchun juda qulay muhitni yaratadi.

Qozogʻistonning oʻziga xosligi - zamonaviy dunyoda kam uchraydigan holat mamlakatdagi vaziyatni oldindan bashorat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0