Sport

Boʻstonliqda velosport boʻyicha Osiyo chempionati qanday oʻtmoqda

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishVeloshosse. Illyustrativnoye foto.
Veloshosse. Illyustrativnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston
Osiyo veloshosse chempionatida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga 40dan ortiq mamlakatlardan 600ga yaqin sportchilar kelishgan.

TOSHKENT, 25 apr – Sputnik. Shu kunlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida veloshosse boʻyicha 39 - Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Kecha, musobaqaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva nutq soʻzladi.

Toshkentdagi velopoyga - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Bugun velo marafon tufayli Toshkentning bir necha koʻchalari yopiladi

Boʻstonliq shu kunlarda Osiyo velosporti markaziga aylangan. U yerda 40dan ortiq mamlakatlardan 600 dan ortiq sportchilar jamlanishgan. Bugun ushbu musobaqalarni kuzatish uchun Boʻstonliqqa Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) prezidenti David Laparte ham tashrif buyurdi.

Kecha, chempionatning birinchi musobaqasi ayollar va erkaklar jamoalari orasida boʻlib oʻtdi. 30 masofani tez bosib oʻtish boʻyicha birinchi oʻrin Koreya jamoasiga, Ikkinchi oʻrin – Qozogʻiston va uchinchi oʻrin – Gonkong terma jamoalariga nasib etdi. Oʻzbekiston qizlari jamoasi 5 oʻrinni egallashdi.

Shuningdek, kecha, parasportchilar orasida ham musobaqalar boʻlib oʻtdi. Ular tandem, tayanch apparatlari yordamida  va boshqa katergoriyalarda musobaqalarda ishtirok etishdi.

Uzbekskaya velosipedistka zavoyevala zoloto na turnire v Belgii - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonlik velosipedchi Belgiyada oltin medal yutib oldi

Bugun 25 aprel kuni 65 yoshdan katta faxriylar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtdi. Ular Osiyo 20 km masofani bosib oʻtib quyidagi natijalarni qayd etishdi: 1-oʻrin Axmetbekov Rinat (Qozogʻiston), 2-oʻrin Gutsalyuk Sergey (Qozogʻiston), 3-oʻrin Kovalenko Nikolay (Oʻzbekiston).

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) - 1900 yilda Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya va Italiya davlatlari ishtirokida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Egel shahri (Jeneva)da. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi velosiped sportining dunyo boʻyicha boshqaruv organi hisoblanadi.

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi tomonidan nogironlar oʻrtasida ham velosiped sportini targʻib etish va professionallik darajasiga olib chiqish maqsadi ilgari surilib paralimpiya oʻyinlari tarkibiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala